Jahon

“O'zimni Rossiyadagi o‘zbekdek his qilyapman” — Rossiya fuqarosi Qozog‘istondagi byurokratiyani tanqid qildi

Olmaotada Rossiya fuqarosi bank kartasi rasmiylashtirish jarayonini tanqid qilgan video uchun 10 sutkaga qamaldi.

“O'zimni Rossiyadagi o‘zbekdek his qilyapman” — Rossiya fuqarosi Qozog‘istondagi byurokratiyani tanqid qildi

 

Olmaotada Rossiya fuqarosi ijtimoiy tarmoqlarda qo‘pol va haqoratli so‘zlar bilan video joylashtirgani uchun 10 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Bu haqda Ulysmedia.kz xabar berdi.



Ma’lumotlarga ko‘ra, video muallifi Olmaotada bank xizmatlaridan foydalanish jarayonidagi murakkab tartiblarni hissiy tarzda izohlab, o‘zini “Rossiyadagi o‘zbekka o‘xshatgan” va jarayonni tanqid qilgan. Uning nutqida qo‘pol so‘zlar ishlatilgani jamoat tartibini buzish sifatida baholangan.



Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, huquq-tartibot organlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilishiga sabab bo'lgan.



Olmaota shahar ixtisoslashtirilgan tumanlararo ma’muriy sudi qaroriga ko‘ra, fuqaro “mayda bezorilik” moddasi bo‘yicha aybdor deb topilib, 10 kunlik ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

“O'zimni Rossiyadagi o‘zbekdek his qilyapman” — Rossiya fuqarosi Qozog‘istondagi byurokratiyani tanqid qildi | Zamon.uz