Jahon

Boku shaharsozlik bo‘yicha global kun tartibining muhim maydonlaridan biriga aylanmoqda

Bokuda bo‘lib o‘tadigan WUF13 forumi Ozarbayjonning global shaharsozlik va urbanistik rivojlanishdagi rolini namoyish etadi.

Boku shaharsozlik bo‘yicha global kun tartibining muhim maydonlaridan biriga aylanmoqda

Yaqin kunlarda Bokuda BMTning barqaror shahar rivojlanishi sohasidagi eng nufuzli global platformalaridan biri hisoblangan Butunjahon shaharlar forumi — WUF13 bo‘lib o‘tadi. 

 

Forumda hukumatlar vakillari, urbanistlar, me’morlar, xalqaro tashkilotlar va dunyoning turli mamlakatlaridan ekspertlar ishtirok etib, barqaror shaharlar, ijtimoiy inklyuzivlik, iqlim bilan bog‘liq muammolar hamda kelajak urbanistik taraqqiyot modellari yuzasidan fikr almashadi. Forumning Ozarbayjonda o‘tkazilishi mamlakatning xalqaro tadbirlarni tashkil etishdagi muvaffaqiyatli tajribasini yana bir bor tasdiqlaydi va Bokuning global shahar rivojlanishi kun tartibidagi o‘rni tobora ortib borayotganini namoyon etadi.

 

WUF13 orqali Ozarbayjon dunyoga nafaqat texnik imkoniyatlari va xalqaro tadbirlarni yuqori darajada tashkil etish salohiyatini ko‘rsatmoqda. Mamlakat bir vaqtning o‘zida xalqaro hamjamiyatga o‘zining shaharsozlik modeli, milliy rivojlanish konsepsiyasi va urbanizatsiya falsafasini ham taqdim etmoqda. 

 

Mazkur model zamonaviy texnologiyalarni milliy me’moriy an’analar, ijtimoiy inklyuzivlik, ekologik barqarorlik va inson manfaatlariga yo‘naltirilgan yondashuv bilan uyg‘unlashtiradi. So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan loyihalar shuni ko‘rsatmoqdaki, Ozarbayjon uchun shaharsozlik endi faqat infratuzilma qurilishi emas, balki milliy o‘zlik, madaniy meros va ijtimoiy uyg‘unlikni saqlash masalasiga ham aylangan.

 

Bu jarayonda Qorabog‘ va Sharqiy Zangazurni tiklash hamda qayta qurish alohida ahamiyat kasb etadi. Ozod etilgan hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar Ozarbayjonning yangi urbanistik rivojlanish strategiyasining muhim namunasi sifatida qaralmoqda. 

 

Ag‘dam, Fizuli, Shusha, Zangilan va boshqa shaharlarda joriy etilayotgan “aqlli shahar” va “aqlli qishloq” konsepsiyalari yashil energetika, raqamli boshqaruv, zamonaviy transport infratuzilmasi hamda ekologik muvozanat tamoyillariga asoslangan. 

 

Shu bilan birga, loyihalarda milliy me’moriy unsurlar, tarixiy meros va madaniy xotirani saqlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ozarbayjon ushbu tajriba orqali dunyoga mojarodan keyingi davrda shaharlarni tiklash faqat qurilish emas, balki jamiyatni qayta tiklash va milliy ruhni tiklash jarayoni ekanini ko‘rsatishga intilmoqda.

 

Ozarbayjon taqdim etayotgan shaharsozlik modeli markazida inson turadi. Zamonaviy urbanistik siyosatning asosiy maqsadi yangi bino va yo‘llar qurish bilangina cheklanmay, balki xavfsiz, qulay va ijtimoiy inklyuziv yashash muhitini yaratishdan iborat. 

 

Bolalar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar uchun qulay shahar muhiti yaratish mamlakat urbanistik rivojlanish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

 

Boku ko‘p yillardan buyon xalqaro tadbirlarni muvaffaqiyatli o‘tkazadigan maydon sifatidagi maqomini tasdiqlab kelmoqda. Formula-1 poygalari, xalqaro gumanitar forumlar, Qo‘shilmaslik harakati sammiti, shuningdek COP29 tadbiri Ozarbayjonning global maydondagi roli ortib borayotganini namoyish etdi. WUF13 ushbu qator tadbirlar ichida alohida o‘rin tutadi. Chunki forum orqali Ozarbayjon dunyoga nafaqat tashkiliy imkoniyatlarini, balki kelajak shaharlari haqidagi o‘z qarashlarini ham taqdim etmoqda.

 

Forumda O‘zbekiston delegatsiyasining keng ishtiroki ham alohida e’tiborga loyiq. So‘nggi yillarda Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida shaharsozlik, me’morchilik va hududiy rivojlanish sohalaridagi hamkorlik sezilarli darajada kengaydi. 

 

Qardosh O‘zbekiston ham keyingi yillarda zamonaviy shaharsozlik, me’morchilik va urbanistik rivojlanish bo‘yicha Markaziy Osiyoning muhim markazlaridan biriga aylanmoqda. Toshkent, Samarqand va boshqa shaharlarda amalga oshirilayotgan yirik rekonstruksiya hamda infratuzilmani yangilash loyihalari mamlakat urbanistik transformatsiyaning yangi bosqichiga o‘tganidan dalolat bermoqda.

 

Turkiy dunyoning ikki muhim davlati sifatida Boku va Toshkent tarixiy merosni saqlagan holda zamonaviy urbanizatsiyani rivojlantirish borasida o‘xshash yondashuvlarni namoyon etmoqda. 

 

Shu nuqtayi nazardan, WUF13 nafaqat global muloqot maydoni, balki turkiy dunyoda urbanistik hamkorlikning yangi modelini shakllantirish uchun ham muhim imkoniyatga aylanmoqda.

 

Bokuda bo‘lib o‘tadigan forumning asosiy g‘oyasi aniq: kelajak shaharlari faqat texnologiyalar asosida emas, balki insonparvarlik, madaniyat va ijtimoiy adolat tamoyillari asosida qurilishi kerak. Bugun Ozarbayjon ushbu global muhokamalarda shunchaki ishtirokchi emas, balki dunyoga o‘z rivojlanish modelini taqdim etayotgan davlat sifatida maydonga chiqmoqda.

 

Farid Shahbazli 
“Ozarbayjon yosh islohotchilari” jamoat birlashmasi,
Editor.az media guruhi bosh muharriri

Isroil 2023-yildan beri 2 mingdan ortiq falastinlik bolani hibsga oldi — hisobot

Isroil 2023-yildan beri 2 mingdan ortiq falastinlik bolani hibsga oldi — hisobot

Falastinlik mahbuslar jamiyati bolalarga nisbatan qiynoqlar, ochlik va tibbiy yordamdan mahrum qilish holatlari kuzatilayotganini bildirdi.

Pokistonda maktab tomi quladi: 32 o‘quvchi va bir o‘qituvchi halok bo‘ldi

Pokistonda maktab tomi quladi: 32 o‘quvchi va bir o‘qituvchi halok bo‘ldi

Qutqaruvchilar vayronalar ostida yana bolalar qolib ketgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

“Zelenskiyning ketish vaqti keldi” — Ilon Mask

“Zelenskiyning ketish vaqti keldi” — Ilon Mask

Avvalroq Donald Tramp ham Ukrainada yangi prezident saylash vaqti kelganini bildirgan edi.

Fransiyada o‘quvchilar namoyishlari: qariyb 8 ming kishi hibsga olindi

Fransiyada o‘quvchilar namoyishlari: qariyb 8 ming kishi hibsga olindi

Namoyishlar vaqtida politsiya xodimlari, ta’lim sohasi vakillari va o‘quvchilar ham jarohatlangan.

Istanbul va yana ikki viloyatda suv toshqini xavfi: o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Istanbul va yana ikki viloyatda suv toshqini xavfi: o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Kuchli yomg‘ir va shamol suv toshqinlari hamda yo‘llarda harakatlanish qiyinlashishiga olib kelishi mumkin.

Qozog‘istonga kirish qoidalari o‘zgaradi: elektron ruxsatnoma majburiy bo‘ladi

Qozog‘istonga kirish qoidalari o‘zgaradi: elektron ruxsatnoma majburiy bo‘ladi

Yangi tartib 2026-yil noyabridan bosqichma-bosqich joriy etiladi.

AQSh Eronga qarshi “barcha bombalarning onasi”dan foydalanishi mumkin — CNN

AQSh Eronga qarshi “barcha bombalarning onasi”dan foydalanishi mumkin — CNN

AQSh Eronning energetika va yadroviy obyektlariga zarba berish rejalarini muhokama qilmoqda.

11 yilda 81 mingga yaqin migrant halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi — BMT

11 yilda 81 mingga yaqin migrant halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi — BMT

Ularning kamida 4 414 nafari bolalar bo‘lgan.