Jahon

Isroilliklarning aksariyati Netanyaxuning siyosatdan ketishini istamoqda

Aholining yarmidan ko‘pi Netanyaxu siyosiy faoliyatini yakunlashi kerak deb hisoblaydi.

Isroilliklarning aksariyati Netanyaxuning siyosatdan ketishini istamoqda

Isroilda o‘tkazilgan yangi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, fuqarolarning aksariyati bosh vazir Binyamin Netanyaxuning yaqinlashayotgan Knesset saylovlarida qatnashmasligi va siyosatdan ketishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda Maariv gazetasiga tayanib, Jerusalem Post xabar berdi.

 

Gazeta e’lon qilgan tadqiqotga ko‘ra, respondentlarning 55 foizi Netanyaxu siyosiy faoliyatini yakunlashi kerak deb hisoblaydi. 38 foiz ishtirokchi esa uning Likud partiyasiga yetakchilik qilgan holda saylovda qatnashishini ma’qullagan. Yana 7 foiz respondent bu borada aniq fikr bildirmagan.

 

So‘rov natijalari hukmron koalitsiyaning parlamentdagi pozitsiyasi zaiflashayotganini ham ko‘rsatgan. Tadqiqotga ko‘ra, Likud va Itamar Ben-Gvirning “Otzma Yehudit” partiyasi bittadan mandat yo‘qotmoqda. Natijada hukmron koalitsiya 49 o‘rin bilan cheklanmoqda.

 

Shu bilan birga, muxolifat blokining ko‘rsatkichlari yaxshilanib, arab partiyalarisiz hisoblanganda 61 mandatga yetayotgani qayd etilgan. Bu esa Knessetda ko‘pchilikni shakllantirish uchun yetarli hisoblanadi.

 

So‘rovnoma ayrim ehtimoliy siyosiy ittifoqlarni ham tahlil qilgan. Xususan, Gadi Ayzenkotning sobiq bosh vazirlar Naftali Bennet va Yair Lapid bilan birlashishi holatida qo‘shma ro‘yxat 49 mandat olishi mumkinligi qayd etilgan.

 

Tadqiqot Lazar Research markazi tomonidan Panel4All hamkorligida 12–13-may kunlari o‘tkazilgan. Unda Isroilning 18 yoshdan katta 502 nafar yahudiy va arab fuqarosi ishtirok etgan.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"