O'zbekiston

O‘zbekistonda noqonuniy tamaki aylanmasi 24,8 foizdan 7 foizga kamaydi

Toshkentda nikotin muqobillarini tartibga solish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekistonda noqonuniy tamaki aylanmasi 24,8 foizdan 7 foizga kamaydi

 

Toshkent shahrida “nikotin muqobillarini tartibga solishning dolzarbligi: jamoat salomatligi va iqtisodiy manfaatlar muvozanati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.



Tadbir Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etildi. Unda davlat organlari vakillari, soha mutaxassislari hamda ekspertlar ishtirok etib, O‘zbekistonda nikotin mahsulotlarini tartibga solish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, noqonuniy bozor ulushi va jamoat salomatligini ta’minlashda xavfga asoslangan yondashuvning xalqaro tajribasi muhokama qilindi.

 

         



Unda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi vakillari so‘zga chiqib, tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish, yashirin iqtisodiy faoliyatni aniqlash va oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar samaradorligi yuzasidan ma’lumot berdi.

 

     



Ta’kidlanishicha, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda jami 1 655 ta tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ular natijasida iste’molga yaroqsiz hamda inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan 48,7 mlrd so‘mlik alkogol va spirt mahsulotlari hamda 49,3 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlari muomaladan chiqarilgan.


Shuningdek, amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar natijasida noqonuniy tamaki aylanmasi 2023-yildagi 24,8 foizdan 2025-yil yakuniga kelib 7 foizgacha kamaytirilgani qayd etildi.

 

     



Yig‘ilish davomida ishtirokchilar yashirin bozor tufayli yuzaga kelayotgan iqtisodiy yo‘qotishlar, sohani yanada shaffof tartibga solish mexanizmlari hamda kelgusidagi islohotlar yuzasidan fikr almashdilar.

 

     

 

Davra suhbati yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar tomonidan O‘zbekistonda nikotin muqobillarini tartibga solish masalalarini kelgusida ekspertlar muhokamasiga taqdim etish uchun tavsiya va takliflar tayyorlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda noqonuniy tamaki aylanmasi 24,8 foizdan 7 foizga kamaydi | Zamon.uz