O'zbekiston

Bibixonim madrasasini nega Amerika ta’mirlab beryapti?

Turizm qo’mitasi raisi tarixiy obidalarni tiklash va restavratsiya qilish sohasida O’zbekistonda mutaxassislar yetishmasligini, mablag’ masalasida esa muammo yo’qligini ta’kidladi.

Bibixonim madrasasini nega Amerika ta’mirlab beryapti?

 

Samarqanddagi Bibixonim madrasasini nega Amerika hukumati ta'mirlab beryapti? Axir har yili qo'mitaga ham, tarixiy binolarni ta’mirlash ishlariga ham byudjetdan katta mablag’ ajratiladi. Buni O'zbekiston o'z hisobidan amalga oshira olmaydimi? Zamon.uz jurnalistining mazkur savoliga Turizm qo’mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov Turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha tashkil etilgan matbuot anjumanida javob berdi.



Raisning ta’kidlashicha, ushbu tarixiy obidaning restavratsiyasi masalasi davlat rahbari e’tiboridagi muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, ishlar avvalo chuqur ilmiy va texnik o‘rganishlarni talab etadi.



Binoning ichki holatini to‘liq baholash, tegishli o'rganishlar o‘tkazish hamda to‘g‘ri restavratsiya usulini belgilash uchun mutaxassislar tomonidan kompleks tadqiqotlar olib borilishi zarur. Ushbu jarayon esa ma’lum vaqtni talab etadi.



Shuningdek, tarixiy obidalarni tiklash va konservatsiya qilish sohasida xorijiy mutaxassislarning tajribasi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.



“Mutaxassislar asosiy muammo, ular tomonidan aniq xulosa berilsa, restavratsiya ishlari O‘zbekistonning o‘zi ham tegishli direksiyalari tomonidan amalga oshirishi mumkin. Moliyalashtirish masalasida esa davlat rahbari tomonidan barcha xarajatlarni qoplashga tayyorlik bildirilgan,” — dedi Abdulaziz Aqqulov.



Qayd etilishicha, jarayon shoshilinch emas, balki ehtiyotkorlik va ilmiy yondashuv asosida olib boriladi. Dastlabki o‘rganish ishlari yarim yildan bir yilgacha davom etishi mumkin.



Mutasaddilar ta’kidlashicha, ushbu turdagi restavratsiya ishlarida xalqaro tajriba va texnologiyalarni jalb qilish muhim bo‘lib, jarayonni boshlagan mutaxassislardan uni yakuniga yetkazishi ham talab etiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bibixonim madrasasini nega Amerika ta’mirlab beryapti? | Zamon.uz