O'zbekiston

Toshkent – Issiqko‘l yo‘nalishida yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

Dastlabki reys 2026-yil 24-iyunda Toshkent – Tamchi yo‘nalishida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Toshkent – Issiqko‘l yo‘nalishida yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi



2026-yil 15-may kuni “O‘zbekiston aeroportlari” AJda Qirg‘izistonning “Asman Airlines” aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat o‘rtasida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini kengaytirish, yangi aviayo‘nalishlar ochish hamda mavjud aeroportlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.



Muzokaralar davomida “Asman Airlines” aviakompaniyasi Toshkent xalqaro aeroporti hamda Qirg‘iziston aeroportlari o‘rtasida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z rejalarini taqdim etdi.



Dastlabki bosqichda Toshkent – Tamchi (Issiqko‘l) yo‘nalishida muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu parvozlarni 2026-yil 24-iyundan boshlash rejalashtirilgan. Reyslar “Dash 8-400” turidagi havo kemalarida amalga oshirilishi belgilangan.



Shuningdek, kelgusida aviakompaniya marshrut tarmog‘ini kengaytirish ham rejalashtirilgan. Xususan, kuz mavsumiga qadar Toshkent – Osh yo‘nalishida, qish mavsumida esa Toshkent – Qorako‘l yo‘nalishida reyslarni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Bundan tashqari, Toshkent – Bishkek yo‘nalishida ham muntazam aviqatnovlarni ochish imkoniyati o‘rganilmoqda.



“Asman Airlines” Qirg‘izistonning davlat aviakompaniyasi bo‘lib, “Qirg‘iziston aeroportlari” AJ tarkibidagi sho‘ba korxona hisoblanadi. Hozirda aviakompaniya ichki yo‘nalishlar bilan birga Olmaota va Xo‘jand kabi xalqaro yo‘nalishlarda ham parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.

O‘zbekistonda iste’mol tovarlari tekshiruvi: 73 nomdagi mahsulotda kamchilik topildi

O‘zbekistonda iste’mol tovarlari tekshiruvi: 73 nomdagi mahsulotda kamchilik topildi

2026-yilning sakkiz oyida 60 turdagi 558 nomdagi mahsulot laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazildi.

Toshkentda qizamiq xavfi ortdimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkentda qizamiq xavfi ortdimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda qizamiqqa gumon qilingan 290 ta holat va bemorlar bilan aloqada bo‘lgan 10 mingdan ortiq shaxs ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

“Asosiy vazifa — erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, ya’ni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirish” — Saida Mirziyoyeva

“Asosiy vazifa — erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, ya’ni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirish” — Saida Mirziyoyeva

Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Gazsiz qoladigan manzillar: 20-oktyabr kuni ta’minot vaqtincha to‘xtatiladi

Gazsiz qoladigan manzillar: 20-oktyabr kuni ta’minot vaqtincha to‘xtatiladi

Soat 09:00 dan 18:00 gacha yirik gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.