O'zbekiston

Toshkentda 912 marta qoida buzgan Matiz’ning jarimasi 311 mln so‘mdan oshdi

U 2024-yil aprel oyidan boshlab yo‘l harakati qoidalarini 912 marta buzgan. Jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan.

Toshkentda 912 marta qoida buzgan Matiz’ning jarimasi 311 mln so‘mdan oshdi

Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarini muntazam ravishda qo‘pol buzib kelgan “Matiz” avtomobili haydovchisiga nisbatan 311 million so‘mdan ortiq qarzdorlik shakllandi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, MIB Toshkent shahar boshqarmasi 2-tumanlararo bo‘limi ish yurituvida Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan chiqarilgan ma’muriy qarorlar asosida ijro hujjatlari yuritilgan.

 

Aniqlanishicha, fuqaroga tegishli “Matiz” avtomobili 2024-yil aprel oyidan boshlab yo‘l harakati qoidalarini muntazam buzib kelgan. Natijada jami 912 ta ma’muriy jarima rasmiylashtirilib, umumiy qarzdorlik 311 million so‘mdan oshgan.

 

Idora ma’lumotida qayd etilishicha, haydovchi yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslikni odatga aylantirgan, biroq jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan. Oqibatda qarzdorlik yillar davomida ortib borgan va avtomobil qidiruvga berilgan.

 

Olib borilgan tezkor qidiruv va majburiy ijro harakatlari natijasida mazkur transport vositasi aniqlanib, 2026-yil 15-may kuni jarima maydoniga joylashtirilgan.

 

Mutasaddilar yo‘l harakati qoidalari inson hayotini saqlashga xizmat qiluvchi muhim mezon ekanini ta’kidlab, qoidalarga amal qilmaslik jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishini eslatdi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"