O'zbekiston

Inson huquqlari sohasida yosh tadqiqotchilarni tayyorlash loyihasi amalga oshirilmoqda

Ushbu loyiha doirasida 18-may kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida xalqaro ekspert professor Polin Yakobsning ommaviy maʼruzasi tinglandi.

Inson huquqlari sohasida yosh tadqiqotchilarni tayyorlash loyihasi amalga oshirilmoqda

 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Xalqaro taraqqiyot va adolat markazi (CDJI) bilan hamkorlikda “Capstone Project Uzbekistan” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida 18-may kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida xalqaro ekspert professor Polin Yakobsning ommaviy maʼruzasi tinglandi.

 

                                       

 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov mazkur loyihaning inson huquqlari sohasida yangi avlod tadqiqotchilarini tayyorlashdagi strategik ahamiyatini taʼkidladi. Milliy markaz direktori o‘zining tabrik so‘zida qayd etganidek, ayni tadbir loyihaning ishga tushirish bosqichidan amaliy ilmiy-tadqiqot faoliyatiga o‘tilganini anglatadi.

 

Xalqaro taraqqiyot va adolat markazi (CDJI) dasturlar rahbari Anel Tleukesh ham o‘z tabrik so‘zlarini izhor etdi.

 

                                         

Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Xalqaro taraqqiyot va adolat markazi (CDJI) bilan hamkorlikda, Niderlandiya Qirolligining Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi elchixonasi va Tilburg universiteti ko‘magida tashkil etildi. Maʼruza 2026 yil 13 aprelda rasman ishga tushirilgan “Capstone Project Uzbekistan” loyihasini amalga oshirish doirasida o‘tkazildi.

 

Professor Polin Yakobs Niderlandiya Qirolligining Tilburg universiteti Jinoyat huquqi va jinoyat protsessi kafedrasi dotsenti hisoblanadi. Uning ommaviy maʼruzasi "Umrbod ozodlikdan mahrum etishga nisbatan inson huquqlari istiqbollari" mavzusiga bag‘ishlandi.

 

                                       

 

Xalqaro ekspert ushbu sohadagi Yevropa standartlarining qiyosiy tahlilini, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining pretsedent amaliyotini, shuningdek, Tilburg universitetining jinoyat-ijroiya huquqi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarga yondashuvlarini taqdim etdi. Adolat, jamoat xavfsizligi va insonning asosiy huquqlariga rioya etish tamoyillarining o‘zaro nisbati masalalariga, shuningdek, mahkumlarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy reintegratsiya qilish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Maʼruza yakunida savol-javob sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tadbir ishtirokchilari jinoyat-ijroiya siyosati, jazo tizimini insonparvarlashtirish va milliy qonunchilikni inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

 

                                         

 

Tadbir doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi talabalaridan iborat loyiha ishtirokchilarining to‘qqizta jamoasi tomonidan ilmiy-tadqiqot tashabbuslari taqdimoti bo‘ldi.

 

Ushbu tadqiqotlar mavzulari zamonaviy inson huquqlari fanining eng dolzarb yo‘nalishlarini qamrab olgan. Bu o‘rinda, jumladan, raqamli muhitda bolalar huquqlarini himoya qilish va sunʼiy intellektdan foydalanish bilan bog‘liq kibertahdidlarga qarshi kurashish; sobiq mahkumlarni raqobatbardosh mehnat bozorida ijtimoiy reintegratsiya qilish; xalqaro ekologik masʼuliyat kontekstida Orol halokatining huquqiy oqibatlari kabi muhim mavzular haqida so‘z bormoqda.

 

Har bir taqdimot yakunida professor Polin Yakob ishtirokchilarga batafsil ekspert sharhlari berib bordi. Tadqiqot ishini yana-da rivojlantirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar va xalqaro tajribani hisobga olgan holda ilmiy tahlilni chuqurlashtirish yo‘nalishlari ko‘rsatib berildi.

 

Maʼlumki, “Capstone Project Uzbekistan” loyihasi yosh tadqiqotchilarda inson huquqlari sohasida zamonaviy ilmiy va tahliliy ish ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston va xalqaro ilmiy hamjamiyat o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati

custom img

Istanbulda adashib masjidga kelib qolgan 13 yoshli o‘zbekistonlik qiz onasiga topshirildi

Masjid imomi xabar bergach, diplomatlar voyaga yetmagan bolani konsulxonaga olib kelib, uning yaqin qarindoshlari bilan bog‘langan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev maktab o‘quvchilari, ustoz va ota-onalarni Bilimlar kuni bilan tabrikladi

Davlat rahbari yangi o‘quv yili ta’lim tizimida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lishiga umid bildirdi.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Qirg‘izistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi. Tashrif doirasida ShHT sammiti, “ShHT plyus” uchrashuvi va qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.

custom img

Ziroat Mirziyoyeva Bishkekdagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi

SHHT sammiti doirasida qirg‘iz xalqining san’ati va an’analari namoyish etildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

Musobaqalarda 90 dan ortiq mamlakatdan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev nomiga Mustaqillikning 35-yilligi munosabati bilan xorijdan tabrik maktublari kelmoqda

Xorijiy hamkorlar o‘z maktublarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va xalqaro maydondagi faol rolini yuqori baholagan.

custom img

O‘zbek tilini o‘rganish xalqaro darajaga chiqmoqda

Oksford talabalari uchun O‘zbekistonda Yozgi maktab o‘z ishini boshladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘z tabrigida mamlakat rivoji oldida qator yirik vazifalar turganini ta’kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"