O'zbekiston

Jizzaxda MIB orqali ot egasiga olib berildi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro qo‘rasidan chiqib ketib qolgan otini o‘ziga qaytarish uchun sudga murojaat qilgan va MIB orqali ijro taʼminlangan.

Jizzaxda MIB orqali ot egasiga olib berildi

Majburiy ijro byurosi organlari ish yurituviga baʼzan qiziqarli ijro ishlari ham kelib turishi mumkin. Biroq, qaror bor ekan u qanday bo‘lmasin va qay tarzda ijro etilishidan qatʼiy nazar bajarilishi kerak, albatta.

 

Inson va jonivor o‘rtasidagi mehrni so‘z bilan to‘liq ifodalash qiyin.

 

Jumladan, fuqaro F.N.ga tegishli “To‘ri” laqabli ot qo‘radan chiqib ketib, Forish tumani hududidagi o‘rmon xo‘jaligi tomonga kirib qolgan. Holat aniqlangach, jonivor xavfsizligini taʼminlash maqsadida o‘rmon xo‘jaligi xodimlari tomonidan vaqtincha saqlovga olingan.

 

Shundan so‘ng otning egasi qonuniy tartibda sudga murojaat qildi. Sud qarori asosida Majburiy ijro byurosining Forish tuman bo‘limiga “To‘ri”ni o‘z egasiga olib berish haqida ijro hujjati kelib tushgan.

 

Olib borilgan ijro harakatlari davomida “To‘ri” laqabli ot egasi F.N.ga topshirildi va ijro hujjatining ijrosi to‘liq taʼminlandi.

 

Aytishlaricha, ot egasini ko‘rgan zahotiyoq unga intilgan va o‘zini tinchlantirgan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.