Jizzaxda soliq qarzi sabab elektromobil xatlandi
Endidikda mashina auksion savdolarida sotilib, tushgan pullardan mavjud qarzlar qoplanadi.

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash mamlakat iqtisodiy rivoji va ijtimoiy barqarorligining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Soliq qonunchiligiga rioya etmaslik va majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaslik esa huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Majburiy ijro byurosining Zarbdor tumani bo‘limi ish yurituviga “N.D.” fermer xo‘jaligining soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari kelib tushgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida fermer xo‘jaligiga tegishli avtomashina xatlovga olindi. Kelgusida mazkur mulk auksion savdolarida sotilib, tushgan pullardan mavjud qarzlar qoplanadi.








