O'zbekiston

O'zbekiston gidroenergetikasining 100 yilligi hamda “O‘zbekgidroenergo” AJ tashkil topganligining 9 yilligi munosabati bilan tantanali bayram sayli o‘tkazilmoqda

Mamlakatimiz gidroenergetikasi tarixi 1926-yil may oyida dastlabki GES – Bo‘zsuv GESning ishga tushirilishi bilan boshlangan edi.

O'zbekiston gidroenergetikasining 100 yilligi hamda “O‘zbekgidroenergo” AJ tashkil topganligining 9 yilligi munosabati bilan tantanali bayram sayli o‘tkazilmoqda

 

Kecha, 17-may kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ tasarrufidagi “Energetiklar sihatgohi”da O‘zbekiston Respublikasi gidroenergetika sohasining 100 yilligi hamda “O‘zbekgidroenergo” AJ tashkil etilgan topganligining 9 yilligi munosabati bilan katta bayram sayli tashkil etildi.

 

Mamlakatimiz gidroenergetikasi tarixi 1926-yil may oyida dastlabki GES – Bo‘zsuv GESning ishga tushirilishi bilan boshlangan edi.

 

2017-yil 18-may sanasi esa mustaqil mamlakatimiz gidroenergetikasi tarixida yangi bosqich – muhim va ramziy ahamiyatga ega sana hisoblanadi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PF–5044-sonli Farmoni asosida “O‘zbekgidroenergo” AJ mustaqil va yagona tarmoq sifatida tashkil etildi. Mazkur tarixiy qaror mamlakatimizda gidroenergetika sohasini yangi bosqichga olib chiqqan, sohani tizimli boshqarish, investitsiyalarni keng jalb qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga xizmat qilgan muhim huquqiy poydevor bo‘ldi.

 

So‘nggi yillarda dunyoda energetika xavfsizligi masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Aholi sonining ortishi, iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarining jadal rivojlanishi, energiya resurslariga bo‘lgan talabning o‘sishi davlatlar oldiga mutlaqo yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Shu bilan bir qatorda iqlim o‘zgarishi, atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar hajmini qisqartirish va ekologik barqarorlikni taʼminlash kabi masalalar butun dunyo hamjamiyati diqqat markazida turibdi.

 

2017-yilga qadar mamlakatimizda umumiy quvvati 1604 MVt bo‘lgan 36 ta gidroelektr stansiya faoliyat yuritgan bo‘lsa, keyingi to‘qqiz yil ichida sohada ulkan islohotlar amalga oshirildi.

 

Natijada 2026-yilga kelib, mamlakatimizdagi gidroelektr stansiyalar soni 100 taga yetdi. Sohaning umumiy o‘rnatilgan quvvati esa 2402 MVtni tashkil etmoqda. Shuningdek, qisqa davr mobaynida qo‘shimcha 800 MVt yangi “yashil” energiya quvvatlari yaratildi.

 

Eng muhimi, sohada nafaqat yangi quvvatlar barpo etildi, balki milliy muhandislik va sanoat salohiyati shakllantirildi.

O‘tgan davr mobaynida “O‘zbekgidroenergo” tizimida gidroelektr stansiyalarni loyihalash, qurish, montaj qilish, sinovdan o‘tkazish va ishga tushirish jarayonlarining barchasi bosqichma-bosqich milliy mutaxassislar salohiyati asosida amalga oshiriladigan yaxlit tizimga aylantirildi.

 

Bugungi kunda gidroenergetika obyektlarini yaratish jarayonlari yagona uzviy zanjir asosida tashkil etilgan bo‘lib, unda:

- loyihalash va texnik  o‘rganish ishlari,

- loyiha qidiruv va muhandislik izlanishlari;

- muhandislik -texnik hisob-kitoblar;

- gidroagregatlar va texnologik uskunalarni ishlab chiqarish;

- qurilish-montaj ishlari;

- gidromexanik uskunalarni tayyorlash va o‘rnatish;

- elektrotexnik jihozlarni o‘rnatish va montaj qilish;

- avtomatlashtirish tizimlarini joriy etish;

- sinov va ishga tushirish va foydalanish ishlari asosan mahalliy mutaxassislar tomonidan amalga oshirilmoqda.

 

Bu esa mamlakatimiz gidroenergetika sohasida mustaqil milliy injenerlik maktabi shakllanganini anglatadi.

So‘nggi yillarda sohada mahalliylashtirish darajasi ham yangi bosqichga chiqdi. Ilgari asosan xorijdan keltirilgan ayrim uskuna va mexanizmlar endilikda mamlakatimizda ishlab chiqarilmoqda.

 

Xususan, yangi sanoat quvvatlari va maxsus ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi. Gidroenergetika obyektlari uchun zarur bo‘lgan metall konstruksiyalar, gidromexanik qurilmalar, ayrim turdagi texnologik jihozlar va ehtiyot qismlarini mahalliy sharoitda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

 

Bu nafaqat import o‘rnini bosish, balki milliy sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ham xizmat qilmoqda.

 

Eng muhimi, bugun gidroenergetika sohasida “milliy brend” asosida yangi loyihalar yaratilmoqda. GESlarni qurishda mahalliy muhandislar, loyihachilar, quruvchilar va energetiklar ishtiroki tobora ortib bormoqda.

 

Mazkur yutuqlar mamlakatimizda gidroenergetika sohasining faqat energiya ishlab chiqaruvchi tarmoq emas, balki yuqori texnologik, muhandislik va sanoat salohiyatiga ega strategik yo‘nalishga aylanganini ko‘rsatmoqda.

 

Mahalliylashtirish doirasida, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida barpo etilgan “UzHydroPower” zavodi o‘z ixtisosligiga ko‘ra gidroenergetika tarmog‘i uchun zarur bo‘lgan gidroagregatlarni ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. Quvvati 40 MVtgacha bo‘lgan gidroagregatlarni ishlab chiqaruvchi zavodlar MDH kesimida ham, nafaqat Yevropa yoki Osiyo, balki jahon kesimida ham juda oz sonli zavodlar qatoriga kiradi.

 

Hozirgi kunda “UzHydroPower” zavodi Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan “milliy loyihalar” uchun zaruriy bo‘lgan uskunalar hamda ehtiyot qismlarni yetkazib bermoqda.

O‘zbekistonda ilk marotaba gidrotexnika inshootlarini raqamlashtirish maqsadida sohadagi ilg‘or AQSH, Kanada, Angliya, Shveysariya, Italiya, Slovakiya va Xitoy davlatlarining nufuzli kompaniyalari ijobiy tajribasini o‘rganib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida texnik va tashkiliy uzilishlarni bartaraf etish hamda axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish yo‘li bilan gidroenergetikada gidrotexnika inshootlarining xavfsiz ishlashini taʼminlashga qaratilgan axborot tizimlarining yagona majmuasi hisoblangan – “Vaziyatlar markazi” ishga tushirildi.

 

Aytish joizki, Markaz joylardagi tizimlarning uzluksiz ishlashini taʼminlab, Jamiyat tasarrufidagi jami 6 ta suv ombori hamda 100 dan ziyod katta va kichik GESlarni real vaqt rejimida mukammal kuzatish va tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. Chuqur tahliliy o‘rganishlar asosida Jamiyat tasarrufidagi suv omborlarini xavfsiz ishlashini taʼminlab borish maqsadida barcha turdagi nazorat-o‘lchov qurilmalariga zamonaviy datchiklar o‘rnatilib, maʼlumotlarni onlayn tarzda yuqori aniqlikda uzatish, suv omborlari xavfsizlik holatini doimiy monitoring qilish hamda hodisalarni elektron tarzda avtomatik qayd etishga erishildi.

 

Xususan, Jamiyat va tizim tashkilotlariga Italiyaning nufuzli “SISGEO” kompaniyasining 4000 ga yaqin yuqori aniqlikdagi (KIAlar, nazorat-o‘lchov qurilmalari) zamonaviy datchik va qurilmalari obyektlarga o‘rnatildi.

 

Jamiyat so‘nggi uch yil davomida ESG reytingi bo‘yicha 2-darajali  79 ball bilan xalqaro ko‘rsatkichni saqlab kelmoqda. Bu Markaziy Osiyo miqyosidagi eng yuqori natijalardan biri hisoblanadi.

O‘tgan davr mobaynida jami 1,3 mlrd. dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirildi.

 

Jamiyat tomonidan olib borilgan izchil islohotlar, moliyaviy barqarorlikni taʼminlash va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan saʼy-harakatlar natijasida so‘nggi yillarda xalqaro kredit reytingi ko‘rsatkichlari bosqichma-bosqich yuksalib bordi.

 

Alohida qayd etish lozimki, nufuzli xalqaro “Fitch Ratings” reyting agentligi tomonidan 2020-yilda “O‘zbekgidroenergo” AJga ilk bor “B+” darajasida kredit reytingi berilgan bo‘lsa, keyingi yillarda Jamiyatning moliyaviy barqarorligi, investitsion jozibadorligi va boshqaruv samaradorligi yuqori baholanishi natijasida reyting ko‘rsatkichlari izchil ravishda oshirib borildi.

 

Natijada, 2025-yil yakunlariga ko‘ra, “Fitch Ratings” agentligi tomonidan Jamiyatga “BB+” darajasidagi “barqaror” kredit reytingi berildi. Mazkur ko‘rsatkich Jamiyatning xalqaro moliyaviy bozorlardagi ishonchli va barqaror kompaniya sifatidagi nufuzi tobora mustahkamlanib borayotganini anglatadi. Mazkur reyting Jamiyatning moliyaviy barqarorligi, investitsion salohiyati, korporativ boshqaruv tizimi hamda sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan yuqori baholanayotganini ko‘rsatadi.

 

Eng muhimi, bu kabi xalqaro reyting va ko‘rsatkichlar nafaqat Jamiyat nufuzining oshishiga, balki amalda xorijiy investorlar ishonchining mustahkamlanishiga ham xizmat qilmoqda. Natijada yirik loyihalarni davlat kafolatisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish imkoniyatlari kengaymoqda.

 

Barchamiz shuni bilishimiz lozimki, bu xalqaro darajadagi reytinglar faqat qog‘ozdagina chiroyli raqamlar yoki Jamiyatning nufuzini shunchaki ko‘z-ko‘z (PR) qilish uchun emas, balki bu ishlar hozirga kelib hayotda o‘zining real natijasini bermoqda hamda qilingan xarajatlar o‘zini to‘liq oqlamoqda. Xususan, sohaga xorijiy investorlarning ishonchi oshib bormoqda va kelgusi yillardagi barcha yirik loyihalar davlat kafolatisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlar yoki davlat xususiy sherikchiligi evaziga amalga oshiriladi.

 

Joriy 2026-yilda ham asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarda ijobiy o‘sish kuzatilmoqda. Jumladan, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini 7,1 mlrd. kVt.soatga yetkazish rejalashtirilgan.

Mazkur natijalar mamlakatimiz energetika tizimi barqarorligini taʼminlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash, atmosferaga chiqarilayotgan uglerod chiqindilarini kamaytirish hamda ekologik musaffolikni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

Bugungi tantanali tadbirni kirish so‘zi bilan Boshqaruv raisi o‘rinbosari Bekzod Amirsaidov ochib berdi hamda sihatgohga yig‘ilgan ishtirokchilarga Boshqaruv raisi hamda o‘zining nomidan samimiy tabriklarini yo‘lladi.

 

Shuningdek, tantanali va mazmunli tabriklar bilan Inson resurslari boshqarmasi boshlig‘i Inoyat Sunatov hamda Boshqaruv raisining Maʼnaviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Feruza Azimovalar barcha gidroenergetiklarni muborakbod etdilar.

 

Tashkil etilayotgan bayram tadbiri nafaqat soha yutuqlarini keng targ‘ib qilish, balki ko‘p yillar davomida gidroenergetika tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan energetiklarning mashaqqatli mehnatini eʼtirof etish, jamoada o‘zaro hurmat va ahillik muhitini yanada mustahkamlashga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

 

Tadbir xalqona sayl va madaniy hordiq shaklida tashkil etilib, u “O‘zbekgidroenergo” AJ tizimida mehnat qilayotgan xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun dam olish, samimiy muloqot qilish, o‘zaro fikr almashish va jamoaviy birlik muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, tadbir doirasida xodimlarning madaniy dam olishini tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoada do‘stona munosabatlarni mustahkamlash hamda korporativ madaniyatni yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

 

Bayram dasturidan:

- sport musobaqalari;

- milliy va zamonaviy oshpazlik tanlovlari;

- hunarmandchilik ko‘rgazmalari;

- intellektual va maʼrifiy bellashuvlar;

- milliy qadriyatlar va anʼanalarni targ‘ib etuvchi chiqishlar;

- madaniy-konsert dasturlari;

- faol dam olish va ko‘ngilochar loyihalar o‘rin olgan.

 

Tadbir hududida oilaviy hordiq chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lib, turli madaniy va sport musobaqalari, milliy qadriyatlar aks etgan ko‘rgazmalar, ijodiy chiqishlar va ommaviy sayl muhiti ishtirokchilar uchun haqiqiy bayram kayfiyatini hosil qilmoqda.

 

“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan tashkil etilayotgan mazkur tadbir mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, gidroenergetika sohasining nufuzini oshirish, energetiklar mehnatini munosib qadrlash hamda jamoada sog‘lom va ahil muhitni shakllantirish yo‘lidagi muhim maʼnaviy-maʼrifiy tashabbuslardan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Matbuot xizmati

custom img

Davlat xaridlarida 23 milliard so‘mdan ortiq qonunbuzilishlar aniqlandi

Aniqlangan holatlar yuzasidan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, mansabdor shaxslarga tegishli choralar ko‘rilgan.

custom img

Namangandagi video noto‘g‘ri talqin qilingan — Milliy gvardiya

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Milliy gvardiya xodimi va chet el fuqarosi o‘rtasidagi tortishuv” videosi yuzasidan izoh berildi.

custom img

Germaniyalik sayyohga tarmashgan lo‘lilar hodisasi Toshkentda bo‘lgani aniqlandi

Samarqandga tegishli kadrlar montaj yordamida qo‘shilgani aniqlanib, Germaniyada bo‘lgan fuqaro bilan bog‘lanib tushuntirish olib borilgan.

custom img

O‘zgidromet kuchli shamol ва chang‘ to‘zoni bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi

Ayrim hududlarda shamol tezligi soniyasiga 22 metrgacha yetishi mumkin.

custom img

Andijonda “Energosavdo” yuristkonsulti 5 ming dollar pora bilan ushlandi

U elektr energiyasidan noto‘g‘ri foydalanish bo‘yicha hisoblangan zarar summasini kamaytirib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston tarixida ilk bor Milliy investitsiya jamg‘armasi London fond birjasiga chiqadi

18-may kuni London fond birjasida O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi aksiyalarining IPO jarayoniga bag‘ishlangan rasmiy marosim bo‘lib o‘tadi.

custom img

Toshkentda MIB orqali quruvchi kompaniyadan fuqaroga salkam yarim mlrd so‘m undirib berildi

Maʼlum bo‘lishicha, quruvchi kompaniya fuqarodan uy uchun oldindan 100 foiz to‘lov qabul qilib, xonadonni topshirmagan. To‘langan pullarni ham qaytarmagan.

custom img

Jizzaxda MIB orqali ot egasiga olib berildi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro qo‘rasidan chiqib ketib qolgan otini o‘ziga qaytarish uchun sudga murojaat qilgan va MIB orqali ijro taʼminlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"