O'zbekiston

O‘zbekiston tarixida ilk bor Milliy investitsiya jamg‘armasi London fond birjasiga chiqadi

18-may kuni London fond birjasida O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi aksiyalarining IPO jarayoniga bag‘ishlangan rasmiy marosim bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston tarixida ilk bor Milliy investitsiya jamg‘armasi London fond birjasiga chiqadi

 

Joriy yil 18-may kuni London fond birjasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi aksiyalarining birlamchi ommaviy joylashtirilishi (IPO) jarayoniga bag‘ishlangan rasmiy marosim bo‘lib o‘tadi.

 

Mazkur voqea O‘zbekiston kapital bozori tarixidagi muhim bosqichlardan biri bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotini xalqaro moliya maydoniga integratsiya qilish yo‘lidagi navbatdagi yirik qadam sifatida baholanmoqda.

 

Milliy investitsiya jamg‘armasining London fond birjasiga chiqishi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar, investitsiyaviy muhitni yaxshilash, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash borasidagi siyosatning amaliy natijasi hisoblanadi.

 

Kutilayotgan IPO mamlakatning jahon moliya bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish, xorijiy investitsiyalar oqimini oshirish hamda korporativ boshqaruvning zamonaviy standartlarini joriy etishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, mazkur jarayon xalqaro investorlarning O‘zbekistonda olib borilayotgan tarkibiy islohotlarga bo‘lgan ishonchi ortib borayotganini ham namoyon etadi.

 

Rasmiy marosimda Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, Prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi Obid Hakimov hamda boshqa rasmiylar ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbir yakunlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.