O'zbekiston

O‘zbekistonda “probeg”ni o‘zgartirib sotganlik uchun ma'muriy javobgarlik kuchaytiriladi

Senat maʼmuriy javobgarlik tizimini takomillashtirishga oid qonunni maʼqulladi.

O‘zbekistonda “probeg”ni o‘zgartirib sotganlik uchun ma'muriy javobgarlik kuchaytiriladi

 

Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun muhokama qilinib, senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bir qator prinsipial o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

 

Xususan, ikkilamchi avtomobil bozorida uchrayotgan firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida kodeks yangi 178²-modda bilan to‘ldirilmoqda. Unga ko‘ra, avtotransport vositasining bosib o‘tgan masofasini ko‘rsatuvchi odometr qurilmasi ko‘rsatkichlari o‘zgartirilgani yoki almashtirilgani haqida xaridorni xabardor qilmaganlik uchun alohida maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.

 

Qayd etilishicha, ushbu norma isteʼmolchilarning tovar haqida to‘liq va haqqoniy maʼlumot olish huquqini ta'minlash hamda avtomobil bozoridagi nohalol amaliyotlarga chek qo‘yishga xizmat qiladi.

 

Bundan tashqari, transport vositasini boshqarish yoki ov qilish huquqidan mahrum qilish muddatini qisqartirish tartibi ham takomillashtirilmoqda. Endilikda bu masala faqat sud tomonidan, aniq belgilangan mezonlar asosida ko‘rib chiqiladi.

 

Qonunga ko‘ra, agar shaxs ilgari ushbu imtiyozdan foydalangan bo‘lsa yoki jazo muddati davomida qayta huquqbuzarlik sodir etsa, unga nisbatan bunday yengillik qo‘llanilmaydi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda “probeg”ni o‘zgartirib sotganlik uchun ma'muriy javobgarlik kuchaytiriladi | Zamon.uz