Jahon

Pokiston Eron urushi fonida Saudiya Arabistoniga minglab askar va qiruvchi samolyotlar yubordi

Yuborilgan texnikalar pokistonlik harbiylar tomonidan boshqariladi, xarajatlarni esa Saudiya Arabistoni qoplaydi.

Pokiston Eron urushi fonida Saudiya Arabistoniga minglab askar va qiruvchi samolyotlar yubordi

Pokistonon Saudiya Arabistoniga 8 ming nafar harbiy xizmatchi, qiruvchi samolyotlar eskadrilyasi hamda havo mudofaasi tizimini joylashtirdi. Bu haqda Reuters agentligi xavfsizlik va hukumatdagi manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, kuchlar o‘tgan yili imzolangan o‘zaro mudofaa bitimi doirasida yuborilgan. Manbalar joylashtirilgan harbiylar jangovar salohiyatga ega ekanini va Saudiya Arabistoni hujumga uchragan taqdirda qirollik armiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallanganini bildirgan.

 

Reuters yozishicha, Pokiston aprel boshida Saudiya Arabistoniga asosan Xitoy bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan JF-17 qiruvchi samolyotlaridan iborat taxminan 16 ta samolyotni yuborgan. Shuningdek, ikki eskadrilya dron va Xitoyning HQ-9 havo mudofaasi tizimi ham jo‘natilgani aytilmoqda.

 

Manbalarga ko‘ra, yuborilgan texnika pokistonlik harbiylar tomonidan boshqariladi, xarajatlarni esa Saudiya Arabistoni qoplaydi. Bundan tashqari, zarurat tug‘ilganda qo‘shimcha kuch yuborish majburiyati ham mavjud.

 

Xabarda qayd etilishicha, Saudiya hududida avvalgi bitimlar asosida jangovar vazifalarni bajaruvchi minglab pokistonlik harbiylar allaqachon joylashtirilgan. Maxfiy mudofaa bitimi esa qirollik chegaralarini himoya qilish uchun 80 ming nafargacha Pokiston harbiysini yuborish imkonini beradi.

 

Pokiston armiyasi, mamlakat tashqi ishlar vazirligi va Saudiya Arabistoni rasmiylari Reuters so‘rovlariga javob bermagan.

 

Reuters’ga ko‘ra, Pokiston Eron bilan mojaro fonida bir vaqtning o‘zida vositachi rolini ham bajarmoqda. Islomobod AQSH va Eron o‘rtasidagi sulhga erishilishida ishtirok etgan hamda ikki tomon o‘rtasidagi tinchlik muzokaralariga mezbonlik qilgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"