O'zbekiston

O‘zbek-Qirg‘iz chegarasidagi mojaro hal qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Rishton–So‘x yo‘nalishida, Qirg‘izistonning “Qaypas” chegara o‘tkazish punktida yuz bergan holat aks etgan video tarqaldi. Unda O‘zbekiston fuqarosi bilan qirg‘iz chegarachilari o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgani ko‘rinadi.

O‘zbek-Qirg‘iz chegarasidagi mojaro hal qilindi

 

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Rishton–So‘x yo‘nalishidagi chegara-nazorat hududida sodir bo‘lgan holat aks etgan videolavhalar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

 

So'x tuman hokimligi ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur holat Qirg‘izistonning “Qaypas” chegara o‘tkazish punktida yuz bergan bo‘lib, hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan hamda tegishli idoralar hamkorligida har tomonlama o'rganilmoqda.

 

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Qirg‘iziston chegara xizmati xodimlari hamda So‘x tumanida yashovchi O‘zbekiston fuqarosi o‘rtasida tushunmovchilik kelib chiqqan.

Tezkor tarzda ko‘rilgan choralar natijasida fuqaro xavfsiz ravishda O‘zbekiston hududiga olib kelingan.

 

Shuningdek, ikki tomon mas’ullari hamda fuqaro ishtirokida muloqot o‘tkazilib, yuzaga kelgan vaziyat tinch yo‘l bilan hal etilgani ma'lum qilingan. Tomonlar o‘rtasida o‘zaro tushunmovchilik yuzasidan uzr so‘ralgani ham qayd etilgan.

 

Rasmiylar ayrim ijtimoiy tarmoqlarda mazkur holat bo'yicha tasdiqlanmagan, bir yoqlama va hissiyotga berilgan xabarlar tarqatilayotganiga eʼtibor qaratdi. Shu munosabat bilan fuqarolardan tekshirilmagan maʼlumotlarga ishonmaslik, vaziyatga xolis va vazmin yondashish so‘ralmoqda.

 

Mas’ul idoralar tomonidan ta’kidlanishicha, O'zbekiston har bir fuqarosining huquq va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan ishonchli himoya qilinadi. Bu kabi holatlar vakolatli idoralar tomonidan doimiy nazoratda bo‘ladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.