O'zbekiston

Toshkentda ilk bor “Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” xalqaro forumi start oldi

Muntazam o'tkazilishi rejalashtirilgan ushbu forumda 200 nafarga yaqin xorijiy va mahalliy ishtirokchilar qatnashishi ko'zda tutilgan.

Toshkentda ilk bor “Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” xalqaro forumi start oldi



18–20 may kunlari Toshkent shahrida ilk bor “Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Unda, 200 nafarga yaqin xorijiy va mahalliy ishtirokchilar qatnashmoqda.

 

                                         



Tadbir musiqa ta’limi sohasida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

 

                                             

                                     
Uch kun davom etadigan forumda 20 ga yaqin (Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Xitoy, Koreya, AQSh, Fransiya, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Italiya, Vengriya Tojikiston va Armaniston) mamlakatdan nufuzli olimlar, tadqiqotchilar qatnashadi. Ular orasida oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilar, ekspertlar ham bor.

 

                                         



Xususan, bugun 18-may kuni ushbu forumning ilk kunida “Madaniyat ta’limida sun’iy intellektning ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Bugungi rivojlangan dunyoda har bir sohaga sun'iy intellekt kirib kelmoqda. Shu bilan birga madaniyat sohasini ham chetlab o'tmadi.



Tadbir davomida musiqa ta’limida innovatsion va raqamli yondashuvlarni joriy etish, xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash hamda yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

 

                                       



Shu bilan birga konferensiyada ta’lim jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish, o'quv jarayoniga sun'iy intellekt asosidagi kreativ platformalarni musiqa kompozitsiyasi, vizual dizayn va media san'at yo'nalishlarida integratsiya qilish, sun'iy intellekt orqali milliy musiqa cholg'ularini o'rgatishda avtomatik tovush tahlili, milliy madaniy merosni raqamlashtirish (maqom va baxshi ijodiy namunalarini arxivlash) masalalari ko‘rib chiqildi.

 

                                         



Shuningdek bugungi forumning yakunida "Tashkent city" bog'ining amfiteatr majmuasida forum ishtirokchilari uchun "OPEN AIR" gala-konserti bo'lib o'tadi. Mazkur gala-konsertda O'zbekiston davlat simfonik orkestri, O'zbekiston va xorijiy davlatlamning taniqli xonandalari ishtirok etadi. Yana bir ahamiyatli jihati ushbu gala-konsertda O'zbekiston va Ozarbayjon xalq artisti hamda rossiyalik taniqli xonanda ishtirok etishi kutilmoqda.

 

                                           



Eslatib o'tamiz, ushbu tadbir 20-maygacha davom etadi va uning yakunida musiqa ta’limini rivojlantirishga doir xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi kutilmoqda.

 

                                                                                                                                                                                                                         Shaxrizoda Abdullayeva

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.