O'zbekiston

Andijonda MIB orqali bola onasiga qaytarildi

Ijro harakatlari natijasida 3 yoshli qizaloq otasidan onasi qaramog‘iga olib berilgan.

Andijonda MIB orqali bola onasiga qaytarildi

MIB Bo‘ston tuman bo‘limi tomonidan sud hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar doirasida yana bir muhim ijro harakati muvaffaqiyatli yakunlandi.

 

 Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining 21.04.2026 yildagi ijro varaqasiga asosan 3 yoshli qizaloq javobgar S.I. dan onasi S.Sh. qaramog‘iga olib berish belgilangan edi.

 

Mazkur ish yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borilib, taraflar bilan bir necha bor muloqot qilingan. Shunga qaramasdan, sud qarori ixtiyoriy ravishda bajarilmagani sababli majburiy ijro harakatlarini amalga oshirishga to‘g‘ri keldi.

 

 Ijro harakatlari davomida bolaning ruhiy holatiga salbiy taʼsir ko‘rsatmaslik, uning xavfsizligi va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.

 

 Amalga oshirilgan ijro harakatlari natijasida sud qarori ijrosi taʼminlanib, farzand onasiga topshirildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.