O'zbekiston

Kann kinofestivalidagi tarixiy qadam: O‘zbekiston Global Country Placement dasturini e’lon qildi

Netflix, Amazon Prime kabi kino kompaniyalar O‘zbekistonda film suratga oladi.

Kann kinofestivalidagi tarixiy qadam: O‘zbekiston Global Country Placement dasturini e’lon qildi

 

Fransiyadagi Kann festivali doirasida O‘zbekiston milliy paviloni tashkil etildi. Natjiada Netflix, Amazon Prime kabi kino kompaniyalar mamlakatimizda film suratga oladigan bo‘ldi. Xususan, Surxondaryo viloyatida Iskandar Zulqarnayn devorining siri haqida kino olinishi mumkin.

 

O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchilardan bo‘lib jahon kinoindustriyasini jalb qilishning eng kuchli vositasi — "Rebeyt" va "Country Placement" dasturlarini ishga tushirganini e’lon qildi. EndilikdaO‘zbekistonda kino olgan xorijlik ijodkorlarga xarajatlarining 25 foizi qaytarib beriladi.

 

                                         

 

12-20-may kunlari Fransiyada o‘tkazilayotgan festival doirasida o‘tkazilayotgan kinofestivali “Marché du Film”  kinobozorda to‘rtinchi bor O‘zbekiston milliy paviloni ishga tushirilib, unda O‘zbekistonda xorijiy film va teleloyihalar suratga olish imkoniyatlari hamda mamlakatdagi kinolokatsiyalar taqdim etildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ko‘magida tashkil etilgan milliy pavilonga Yevropa, AQSh, Kanada, Avstraliya va Osiyo mamlakatlarining 100 dan oshiq prodakshn va distributsiya kompaniyalari vakillari tashrif buyurdi.

 

                                         

 

Mutaxasislarning aytishicha, mazkur milliy pavilion orqali faoliyati kinoturizm, ya’ni katta auditoriyaga namoyish etiladigan filmlarda O‘zbekistonni namoyish etish orqali mamlakatga ko‘proq sayyohlarni jalb qiladi.

 

Jumladan, Fransiyaning Okino Films prodakshn kompaniyasi prodyuseri, ssenariynavis, rejisser Kventin Klosan o‘zining ilmiy fantastika janridagi filmi uchun Surxondaryo viloyati lokatsiyalarini tanlab, ssenariyni moslashtirishi mumkinligini bildirdi.

 

Surxondaryo viloyati, xususan, uning Boysun tumanida joylashgan Boybuloq g‘ori italiyalik hujjatli film ustalari Alessandro Beltrame va Alessiya Valenti e’tibori markazida bo‘ldi. Butun dunyo bo‘ylab g‘orlar to‘g‘risida hujjatli filmlar tasvirga olib, Amazon Prime platformasida omma e’tiboriga havola qiladigan ijodkorlar Osiyodagi eng chuqur g‘orda 2027-yilda suratga olish ishlarini amalga oshirish istagini bildirdi. Hujjatli film badiiy elementlarni o‘z ichiga olib, hikoya Iskandar Zulqarnayn devori siri kontekstida ochib beriladi. Beltrame O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi tomonidan ko‘rsatiladigan amaliy, tashkiliy yordam hamda rebeyt dasturi borligidan mamnunligini bildirdi.

 

                                         

 

Buyuk Britaniyaning Fact Not Fiction Films kompaniyasi ijrochi direktori Tristan Loreyn O‘zbekistonda aviatsiya mavzusida film suratga olish g‘oyasini taqdim etdi. Sobiq aviatsiya kapitani bo‘lgan, oxirgi 20 yilda esa 30 dan ortiq filmlar suratga olib kelayotgan Tristan Loreyn O‘zbekistondagi rebeyt dasturi jozibali ekanini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, sodda va tez ishlaydigan mexanizmga asoslanishi mamlakat kinoturizmi rivojiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ijobiy ta’sir qiladi.

 

O‘zbekiston delegatsiyasi Venetsiya biyenallesi Venice Production Bridge kinobozori rahbari Paskal Diot, Amerika kinobozori vakili Robin Burt, Londondagi FOCUS lokatsiyalar bozori koordinatori Klara Le, Hindiston prodyuserlari xalqaro konklavi tashkiloti direktori Harshad Bhargvat, Deadline Hollywood jurnalining strategik hamkorlik bo‘yicha rahbari Selin Rotterman, Ecran Total jurnali direktori Piyer Abuchala, Variety jurnali vitse-prezidenti Denis Parkinson, Screen International media guruhi tijoriy direktori Skott Benfoldlar bilan “Film in Uzbekistan” (O‘zbekistonda tavsirga oling) kampaniyasini amalga oshirish, yanada ko‘proq kinoinvestorlar e’tiborini O‘zbekistonga qaratish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazdi.

 

                                             

 

Shuningdek, Malta san’at kengashi va kinokomissiyasi bilan tajriba almashish bo‘yicha suhbatlashdi. Maltaliklar O‘zbekiston milliy kinokomissiyasini kinoturizmi dunyoda eng rivojlanganlaridan bo‘lgan ushbu mamlakat bo‘lmish Maltaga tajriba o‘rganish safariga (study tour) taklif qildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kann kinofestivali doirasida o‘tkazilgan ENTRE DEUX CANNES 17 xalqaro inklyuziv kinofestivalida “Quyosh bolasi Yusuf” nomli O‘zbekiston filmi eng oliy mukofotga munosib deb topilgan edi.

custom img

Dunyo iqtisodiyotini belgilovchi kompaniyalar Toshkentda yig‘ilmoqda

Laziz Qudratovga ko‘ra, forumda ishtirok etish uchun investorlar ma’lum bir summani to‘lashlari kerak.

custom img

Toshkentda xalqaro investitsiya forumi sabab ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi

Shuningdek, 16–18-iyun kunlari yuk avtomobillarining Toshkent shahriga kirishi ham vaqtincha taqiqlanadi.

custom img

22 ming dollar evaziga AQSHga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Shuningdek, Janubiy Koreyaga ishchi viza olib berishni va’da qilib, 6 ming dollar talab qilgan ayol qo'lga olindi.

custom img

Rastrata qilgan mansabdorlar 10 yilgacha qamalishi mumkin

Mansab mavqeidan foydalanib sodir etilgan o‘zlashtirish va rastrata qilish jinoyatlari uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

custom img

Toshkentda haydovchi boshqa haydovchini tayoq bilan urmoqchi bo'ldi

Haydovchilar o‘rtasida yuz bergan mojaro bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, materiallar sudga yuborildi.

custom img

Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat universitetlariga o‘qishni ko‘chirish tartibi belgilandi

Hujjatlar to‘liq taqdim etilmasa yoki noto‘g‘ri ma’lumot kiritilsa, ariza rad etilishi mumkin.

custom img

Saida Mirziyoyeva Milliy teatrda “Adolat fasli” spektakli namoyishida ishtirok etdi

Prezident Administratsiyasi rahbari spektaklda bosh rolni ijro etgan Yodgor Sa’diyevni 80 yillik yubileyi bilan tabrikladi.

custom img

O'zbekistonda kirayotgan yo'lovchi sumkasidan bo'g'ma ilon aniqlandi

“Navoiy” chegara bojxona postida yo'lbarssimon noyob ilon olib kirilishining oldi olindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"