Kann kinofestivalidagi tarixiy qadam: O‘zbekiston Global Country Placement dasturini e’lon qildi
Netflix, Amazon Prime kabi kino kompaniyalar O‘zbekistonda film suratga oladi.

Fransiyadagi Kann festivali doirasida O‘zbekiston milliy paviloni tashkil etildi. Natjiada Netflix, Amazon Prime kabi kino kompaniyalar mamlakatimizda film suratga oladigan bo‘ldi. Xususan, Surxondaryo viloyatida Iskandar Zulqarnayn devorining siri haqida kino olinishi mumkin.
O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchilardan bo‘lib jahon kinoindustriyasini jalb qilishning eng kuchli vositasi — "Rebeyt" va "Country Placement" dasturlarini ishga tushirganini e’lon qildi. EndilikdaO‘zbekistonda kino olgan xorijlik ijodkorlarga xarajatlarining 25 foizi qaytarib beriladi.

12-20-may kunlari Fransiyada o‘tkazilayotgan festival doirasida o‘tkazilayotgan kinofestivali “Marché du Film” kinobozorda to‘rtinchi bor O‘zbekiston milliy paviloni ishga tushirilib, unda O‘zbekistonda xorijiy film va teleloyihalar suratga olish imkoniyatlari hamda mamlakatdagi kinolokatsiyalar taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ko‘magida tashkil etilgan milliy pavilonga Yevropa, AQSh, Kanada, Avstraliya va Osiyo mamlakatlarining 100 dan oshiq prodakshn va distributsiya kompaniyalari vakillari tashrif buyurdi.

Mutaxasislarning aytishicha, mazkur milliy pavilion orqali faoliyati kinoturizm, ya’ni katta auditoriyaga namoyish etiladigan filmlarda O‘zbekistonni namoyish etish orqali mamlakatga ko‘proq sayyohlarni jalb qiladi.
Jumladan, Fransiyaning Okino Films prodakshn kompaniyasi prodyuseri, ssenariynavis, rejisser Kventin Klosan o‘zining ilmiy fantastika janridagi filmi uchun Surxondaryo viloyati lokatsiyalarini tanlab, ssenariyni moslashtirishi mumkinligini bildirdi.
Surxondaryo viloyati, xususan, uning Boysun tumanida joylashgan Boybuloq g‘ori italiyalik hujjatli film ustalari Alessandro Beltrame va Alessiya Valenti e’tibori markazida bo‘ldi. Butun dunyo bo‘ylab g‘orlar to‘g‘risida hujjatli filmlar tasvirga olib, Amazon Prime platformasida omma e’tiboriga havola qiladigan ijodkorlar Osiyodagi eng chuqur g‘orda 2027-yilda suratga olish ishlarini amalga oshirish istagini bildirdi. Hujjatli film badiiy elementlarni o‘z ichiga olib, hikoya Iskandar Zulqarnayn devori siri kontekstida ochib beriladi. Beltrame O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi tomonidan ko‘rsatiladigan amaliy, tashkiliy yordam hamda rebeyt dasturi borligidan mamnunligini bildirdi.