O'zbekiston

“Odamlar haftalab sarson bo‘lmoqda”: Senator bankomatlar bilan bog‘liq muammoga to‘xtaldi

2025 yilda O‘zbekiston bo‘ylab bankomatlardan pul yechish jarayonida 290 ming holatda turli nosozliklar qayd etilgan.

“Odamlar haftalab sarson bo‘lmoqda”: Senator bankomatlar bilan bog‘liq muammoga to‘xtaldi

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov bankomatlar bilan bog‘liq texnik muammolar fuqarolar orasida jiddiy norozilik uyg‘otayotganini bildirdi.

 

Senatorga ko‘ra, ayrim bankomatlarda mijoz hisobidan mablag‘ yechilgan bo‘lsa-da, naqd pul berilmasligi yoki karta qurilmada qolib ketishi holatlari yuzaga kelmoqda. Ularning muammolarini hal etadigan tezkor mexanizmlar esa amalda joriy etilmagan. Bu bo‘yicha nafaqat banklarga, balki ichki ishlar bo‘limlariga ham ko‘plab murojaatlar kelib tushayotgani qayd etildi.

 

“Eng yomoni, minglab odamlar bankomatlardan pul yechib olishdagi texnik kamchiliklar sababli haftalab sarson bo‘lishmoqda”, dedi Senator.

 

Andijonda saylovchilar murojaatlari asosida o‘tkazilgan qisqa muddatli o‘rganishlar ham ushbu muammolar mavjudligini tasdiqlagan. Keyingi tahlillar esa muammoning ko‘lami ancha keng ekanini ko‘rsatgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda mamlakat bo‘ylab bankomatlardan pul yechish jarayonida 290 ming holatda turli nosozliklar qayd etilgan.

 

Shu holatlarning mingdan ortig‘i bo‘yicha fuqarolar tezkor yordam so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa-da, ularni hal etish uchun zarur servis mexanizmlar hali to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan.

 

Shuningdek, murojaatlarning ko‘rib chiqilish muddatlari ham turlicha bo‘lib, 290 ming murojaatdan 97 ming tasi 2–3 ish kunida, 22 ming tasi 4–6 ish kunida, 9700 tasi 7–15 ish kunida hal etilgan. Qariyb 10 ming holatda esa murojaatlar 15 kundan ortiq vaqt davomida ko‘rib chiqilgan.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Shu bilan birga, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 8,8 foizga oshdi.

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

Haydovchi davlat raqamlarini o‘zboshimchalik bilan yechib, avtomobil saloniga qo'ygan va shahar ichida yuqori tezlikda harakatlangan.

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

Yangilik C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida e’lon qilindi.

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Tekshiruvda piyodalar yo‘lagidan foydalanish qoidabuzarliklari ham aniqlanib, yozgi maydoncha olib tashlandi.