O'zbekiston

O‘zbekistonlik tadbirkorning Ozarbayjonda 80 ming dollarni undirish masalasi TIV tomonidan ko‘rib chiqilmoqda

Tadbirkor sud qaroriga qaramay, hamkor kompaniyadan mablag‘ni ikki yildan beri undira olmayotgani bildirilgan.

O‘zbekistonlik tadbirkorning Ozarbayjonda 80 ming dollarni undirish masalasi TIV tomonidan ko‘rib chiqilmoqda

 

O‘zbekistonlik tadbirkorning Ozarbayjon kompaniyasi bilan bog‘liq 80 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni undirish masalasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan nazoratga olindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan ochiq muloqot davomida ko‘tarilgan. Unda tadbirkor Ozarbayjondagi hamkor kompaniya tomonidan to‘lov ikki yildan buyon amalga oshirilmayotganini, sud qarori mavjud bo‘lsa-da, mablag‘ni undirish imkoni bo‘lmayotganini bildirgan.

 

Shuningdek, tadbirkor ilgari shunga o‘xshash holatlarda xorijiy kompaniyalar O‘zbekistondan qarz mablag‘larini undirishda Tashqi ishlar vazirligi aralashuvi natijasida masalalar hal etilganini ham qayd etgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, elchixonaga ham murojaat qilingan, biroq hozirga qadar mablag‘ni undirish bo‘yicha natija qayd etilmagan.

 

Tashqi ishlar vazirligi munosabatida bildirilishicha, O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi ushbu masala yuzasidan tadbirkor bilan doimiy aloqada bo‘lib, murojaatning dastlabki bosqichlaridan boshlab konsullik-huquqiy ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda.

 

Qayd etilishicha, jarayon davomida tadbirkor va uning huquqiy vakili o‘rtasidagi ayrim tashkiliy masalalar sababli ish yuritishda uzilishlar yuzaga kelgan.

Ayni paytda elchixona tomonidan mazkur masalani qonuniy doirada hal etish yuzasidan tegishli ishlar davom ettirilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Savdo-sanoat palatasidagi uchrashuvda bir tadbirkor Ozarbayjonga eksport qilgan mahsuloti uchun to‘lovni ololmayotganini aytgan va O‘zbekiston diplomatlarining xorijdagi biznes manfaatlarini himoya qilish darajasi haqida savol ko'tarilgan edi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.