O'zbekiston

Prezident faoliyatiga bag‘ishlangan “Yurt qayg‘usida 365 kun” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Nashr 2025-yil davomida amalga oshirilgan voqealarni xronologik tartibda aks ettiradi.

Prezident faoliyatiga bag‘ishlangan “Yurt qayg‘usida 365 kun” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

 

Kontent tayyorlash markazida “Yurt qayg‘usida 365 kun” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda mamlakatning ijodkor ziyolilari, jamoat arboblari, keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

 

                                             

 

Mazkur nashr Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil davomida davlat boshqaruvi, xalqaro diplomatiya, iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy himoya, ekologiya, ta’lim va madaniyat sohalaridagi faoliyatini hujjatli manbalar, tahliliy sharhlar hamda fotolavhalar asosida jamlagan keng qamrovli to‘plam hisoblanadi.

 

Kitobda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning tarixiy ko‘lami, davlat boshqaruvidagi yangi yondashuvlar hamda “inson qadri” tamoyiliga asoslangan taraqqiyot modeli o‘z ifodasini topgan.

 

                                         

 

Nashrda iqtisodiy o‘sish, investitsion faollik, eksport hajmining ortishi, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga oid jarayonlar batafsil yoritilgan. Shuningdek, kitobda davlat rahbarining hududlarga tashriflari, xalq bilan ochiq muloqotlari, xalqaro sammitlardagi ishtiroki, strategik tashabbuslari va muhim qarorlari izchil bayon etilgan.

 

                                           

 

Nashr yil davomida sodir bo‘lgan voqealarni xronologik tartibda, oylar kesimida tizimli ravishda yoritadi hamda qo‘shimcha ma’lumotlar, statistik ko‘rsatkichlar va QR-kodlar orqali boyitilgan.

“Yurt qayg‘usida 365 kun” kitobi siyosatshunoslar, tarixchilar, tadqiqotchilar, jurnalistlar hamda keng kitobxonlar ommasi uchun muhim manba sifatida xizmat qiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Prezident faoliyatiga bag‘ishlangan “Yurt qayg‘usida 365 kun” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz