O'zbekiston

Surxondaryoda Ikkinchi jahon urushining so‘nggi qatnashchisi 105 yoshida vafot etdi

Mehnat faxriysi bo‘lgan marhum Shohimardon Hamroyev Voronej, Latviya, Litva va Estoniya hududlarini ozod qilishda munosib hissa qo‘shgan.

Surxondaryoda Ikkinchi jahon urushining so‘nggi qatnashchisi 105 yoshida vafot etdi

 

Shohimardon Hamroyev Boysun tumanining Temirdarvoza mahallasida 105 yoshida vafot etdi.

 

Shohimardon ota Ikkinchi jahon urushi yillarida Voronej, Latviya, Litva va Estoniya hududlarida kechgan janglarda ishtirok etgan. U urush davridagi og‘ir sinovlarni matonat bilan yengib o‘tgan, Vatan oldidagi burchini sidqidildan ado etgan fidoyi inson sifatida yodda qoladi.

 

Urushdan so‘ng u butun umrini ta’lim sohasiga bag‘ishlab, pedagogika yo‘nalishida tahsil olgan hamda qariyb 40 yil davomida rus tili fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan. Shu davr mobaynida yuzlab shogirdlarga ta’lim va tarbiya bergan.

 

Shohimardon ota Hamroyev mehnat faoliyati davomida “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

 

U Surxondaryo viloyatida hayot bo‘lgan so‘nggi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi edi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.