Jahon

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Miki Zohar “Turkiyaga dushman davlat sifatida muomala qilishni boshlash lozim” degan mazmundagi fikrni ham ilgari surgan.

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Isroil madaniyat vaziri Miki Zohar Turkiyaga qarata keskin bayonot berib, agar Anqara Isroil bilan qarama-qarshi yo‘lni tanlasa, og‘ir oqibatlarga duch kelishini aytdi. U bu fikrlarini televizion dasturdagi chiqishi davomida bildirgan. Bu haqda Yeni Şafak yozmoqda.

 

Ma'lum qilinishicha, Zohar o‘z chiqishida Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning Isroil siyosatiga oid bayonotlariga ham munosabat bildirib, Anqaraning pozitsiyasini “dushman yondashuvi” sifatida baholash kerakligini aytdi. U “Turkiyaga dushman davlat sifatida muomala qilishni boshlash lozim” degan mazmundagi fikrni ham ilgari surgan.

 

Vazir, shuningdek, Turkiya va Eronni ham qiyoslagan.

 

 “Erdog‘an Isroilga kelib, uni zabt etish uchun armiya tuzmoqchi ekanini aytmoqda, buni sinab ko‘rishlari mumkin. Xuddi shunday fikrda bo‘lgan eronliklar ham bor edi, hozir ularning ahvoliga qarang. Agar turklar ham shunday yo‘l tutsa, yanada og‘irroq vaziyatga tushib qoladi”, — degan.

 

U G‘azo masalasiga to‘xtalib, Isroil armiyasi haqidagi da’volarga ham munosabatini bildirgan.

 

G‘azoda 80 mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘lganiga oid ayblovlar fonida Zohar Isroil armiyasi tinch aholiga zarar yetkazmayotganini ta’kidlab: “Turkiya bizni falastinliklarga zulm qilayotgan bosqinchi sifatida ko‘rsatmoqchi, lekin bu noto‘g‘ri. Biz dunyodagi eng axloqli armiyaga egamiz”, — degan.

 

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"