Jahon

Afg‘onistonda qizning 12 yoshida turmushga chiqishi qonuniylashtirildi

Tolibon voyaga yetmaganlar o'rtasidagi nikohni tan oladigan yangi oilaviy qonunni qabul qildi.

Afg‘onistonda qizning 12 yoshida turmushga chiqishi qonuniylashtirildi

 

Afg‘onistonda qizlar 12 yoshida turmushga chiqishlari mumkin va bunday nikohni bekor qilish deyarli imkonsiz, deb xabar beradi focus.ua.

 

Tolibon ma’muriyati tomonidan oila va nikoh munosabatlarini tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilindi. “Turmush o‘rtoqlarni ajratish tamoyillari” deb nomlangan 31 moddadan iborat hujjat Tolibon yetakchisi tomonidan tasdiqlangan.

 

Qonunda nikohni bekor qilish, bedarak yo‘qolgan shaxslar, dindan qaytish, majburiy ajralish, emizish hamda boshqa oilaviy-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar belgilangan.

Hujjatning eng ko‘p muhokama qilinayotgan jihatlaridan biri voyaga yetmaganlar nikohi bilan bog‘liq normalardir. Qonunga ko‘ra, agar voyaga yetmagan bola (oʻgʻil-qiz) qarindoshlar oʻrtasida turmush qursa, agar er-xotin ijtimoiy jihatdan mos deb hisoblansa va mahr mos boʻlsa, nikoh shartnomasi qonuniy kuchga ega deb hisoblanadi.

 

Shuningdek, hujjatda nikohni bekor qilish masalasi ham tartibga solingan bo‘lib, voyaga yetmaganlar balog‘at yoshiga yetgandan so‘ng nikohni bekor qilishni talab qilishi mumkinligi qayd etilgan. Ammo bunday nikohni bekor qilish deyarli imkonsiz, chunki bu ish Tolibonning diniy sudi tomonidan ko'rib chiqiladi.

 

Qonunga muvofiq, oilaviy masalalarda vasiylarning vakolatlari saqlanadi va ayrim hollarda kengaytiriladi. Shuningdek, nikohga rozilik, diniy-huquqiy nizolar hamda er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish tartiblari ham belgilangan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.