O'zbekiston

Andijon va Islomobodda Zahiriddin Muhammad Boburga haykal qo‘yiladi

Prezidentga haykalning eskizlari, kompozitsion yechimlari va Bobur siymosini aks ettirishga oid ilmiy-badiiy yondashuvlar haqida axborot berildi.

Andijon va Islomobodda Zahiriddin Muhammad Boburga haykal qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev turli sohalardagi bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Davlat rahbariga Andijon viloyati Bobur shahrida barpo etilishi rejalashtirilayotgan me’moriy ansambl tarkibida buyuk davlat arbobi, sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Boburga bag‘ishlangan haykal loyihasi taqdim etildi.

 

 

Buyuk ajdod xotirasini munosib ulug‘lash, uning boy ilmiy-adabiy merosi, davlatchilik tafakkuri hamda jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini yosh avlodga chuqur yetkazish maqsadida yodgorlik alohida mazmun va badiiy yechim asosida yaratilmoqda.

 

Prezidentga haykalning eskizlari, kompozitsion yechimlari va Bobur siymosini aks ettirishga oid ilmiy-badiiy yondashuvlar haqida axborot berildi. 

 

 

Qayd etilishicha, tarixiy shaxs obrazi o‘zbekistonlik olimlar tomonidan xorijiy hamkasblar bilan hamkorlikda olib borilgan tadqiqotlar, tarixiy manbalar, qo‘lyozmalar, miniatyuralar va madaniy meros namunalarini chuqur o‘rganish asosida ishlab chiqilmoqda.

 

Shuningdek, Prezidentning Pokistonga davlat tashrifi doirasida Islomobod shahridagi bog‘lardan biriga Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berilgani eslatildi. Ushbu bog‘da ham buyuk ajdodga bag‘ishlab o‘rnatilishi rejalashtirilgan haykal loyihasi ko‘rib chiqildi.

 

 

Davlat rahbari yodgorliklarda Bobur siymosini nafaqat buyuk adib va shoir, balki mohir sarkarda, qudratli davlat asoschisi va donishmand hukmdor sifatida teran ochib berish muhimligini ta’kidladi. Haykalning umumiy qiyofasida uning irodasi, davlatchilik salohiyati, yuksak ma’naviyati va bunyodkorlik g‘oyalari yaqqol ifoda topishi lozimligi qayd etildi.

 

Taqdimot davomida Prezidentga Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, Buxoro shahrida turizm va transport infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, tumanlardagi madaniyat uylarini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan loyihalar haqida ham axborot berildi.

 

Yakunda davlat rahbari loyihalarni yanada takomillashtirish hamda ilg‘or tajriba asosida puxta ishlab chiqish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Shu bilan birga, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 8,8 foizga oshdi.

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

Haydovchi davlat raqamlarini o‘zboshimchalik bilan yechib, avtomobil saloniga qo'ygan va shahar ichida yuqori tezlikda harakatlangan.

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

Yangilik C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida e’lon qilindi.

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Tekshiruvda piyodalar yo‘lagidan foydalanish qoidabuzarliklari ham aniqlanib, yozgi maydoncha olib tashlandi.