O'zbekiston

O‘zbekistonda biometrik pasport uchun “aqlli kabinalar” joriy etilishi mumkin

Loyiha pasport rasmiylashtirish muddatini ikki oydan 10 ish kunigacha qisqartiradi.

O‘zbekistonda biometrik pasport uchun “aqlli kabinalar” joriy etilishi mumkin

 

O‘zbekistonda biometrik pasportlarni rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirish va tezlashtirish maqsadida zamonaviy kriptobio-kabinalarni joriy etish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

 

Ishlab chiqaruvchilarning ma'lumotlariga ko'ra, "aqlli kabinalar"ni nafaqat Rossiyaning ko'p funksiyali markazlarida, balki Osnovanie sertifikatlash markazining xalqaro joylarida, jumladan, O'zbekiston, Armaniston, Qozog'iston va Qirg'izistonda ham 2000 dan ortiq shunday terminallarni o‘rnatish rejalashtirilgan.

 

 “Rodina portali” nomli loyiha doirasida Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarida tizim hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini sezilarli darajada tezlashtirishga xizmat qilishi mumkin.

 

Loyihaga ko‘ra, “aqlli kabinalar” foydalanuvchidan biometrik ma’lumotlarni avtomatik tarzda yig‘adi. Jumladan, tizim shaxsni suratga oladi, barmoq izlarini qayd etadi, ovoz namunalarini yozib oladi hamda hujjatlarni ultrabinafsha nurlar yordamida tekshiradi. Yig‘ilgan ma’lumotlar xavfsiz kanallar orqali tegishli davlat idoralariga yuboriladi.

 

Ishlab chiquvchilarning ma’lumotiga ko‘ra, ushbu texnologiya joriy etilishi natijasida pasport rasmiylashtirish muddati ikki oydan taxminan 10 ish kunigacha qisqarishi mumkin.

 

Shuningdek, mazkur tizim davlat organlarining ish yuklamasini kamaytirishi va xizmat ko‘rsatish jarayonini avtomatlashtirishga xizmat qilishi qayd etilmoqda.

 

Ta’kidlanishicha, qurilmalarda asosan Rossiya komponentlari va dasturiy ta’minoti qo‘llanadi hamda ularning ulushi 80 foizdan ortiqni tashkil etadi.

 

Loyiha xususiy investitsiyalar asosida amalga oshirilmoqda va kelgusida davlat-xususiy sheriklik asosida kengaytirilishi mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda biometrik pasport uchun “aqlli kabinalar” joriy etilishi mumkin | Zamon.uz