O'zbekiston

Toshkentda bolalar onkologiyasiga bag'ishlangan EURO Master Course 2026 xalqaro ta'lim kursi bo‘lib o‘tadi

Tadbirda 18 davlatdan 70 nafardan ortiq onkolog-shifokor va xalqaro ekspertlar ishtirok etadi.

Toshkentda bolalar onkologiyasiga bag'ishlangan EURO Master Course 2026 xalqaro ta'lim kursi bo‘lib o‘tadi

 

2026-yil 19–23-may kunlari Toshkent shahridagi “Swissôtel Tashkent” mehmonxonasida bolalar onkologiyasi va gematologiyasi yo‘nalishidagi yirik xalqaro ta’lim dasturi — EURO Master Course 2026 tashkil etiladi.

 

Mazkur xalqaro kurs bolalarda uchraydigan onkologik kasalliklarni diagnostika qilish, davolash va multidisiplinar kuzatuvning zamonaviy usullariga bag‘ishlanadi.

 

                                       

 

Tadbirda dunyoning 18 davlatidan 70 nafardan ortiq onkolog-shifokorlar va tibbiyot mutaxassislari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Jumladan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, AQSh, Kanada, Niderlandiya, Avstriya, Polsha, Serbiya, Slovakiya, Chexiya, Gretsiya, Ruminiya, Ukraina, Belarus, Ozarbayjon, Albaniya va Armaniston vakillari qatnashadi.

 

                                         

 

Ta’lim kursi doirasida Yevropa, AQSh va Kanadadan tashrif buyuradigan xalqaro ekspertlar tomonidan ma’ruzalar, amaliy seminarlar va klinik muhokamalar o‘tkaziladi. Ular orasida Karl Rössler, Marianne van de Wetering, Anna Raciborska, John Lucas, Jay Malone, Miranda Dierselhuis, Victor Santana, Judith Spijkerman, Liz Sniderman, Geert Janssens, Natalia Stepien, Lizz van der Heijden hamda Annemarie Peek kabi yetakchi mutaxassislar bor.

 

Kurs bolalar onkologiyasi va gematologiyasi sohasida faoliyat yuritayotgan onkologlar, neyroxirurglar, radioterapevtlar, reanimatologlar, palliativ yordam mutaxassislari va boshqa tibbiyot xodimlari uchun ilmiy-ta’lim platformasi vazifasini bajaradi.

 

                                         

 

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bolalar saratoni bo‘yicha Xalqaro Akademik XAB, Princess Máxima Center for Pediatric Oncology (Niderlandiya) hamda St. Jude Global (AQSh) hamkorligida tashkil etilmoqda.

 

Kurs dasturidan zamonaviy xalqaro davolash protokollari bo‘yicha treninglar, interaktiv ta’lim sessiyalari, murakkab klinik holatlar tahlili, multidisiplinar konsiliumlar, amaliy mahorat darslari va ekspert ma’ruzalari o‘rin olgan.

 

                                         

 

Dastur doirasida bolalarda uchraydigan bosh va orqa miya o‘smalari, ekstrakranial solid o‘smalar, sarkomalar, suyak o‘smalari, immunoterapiya, nur terapiyasi, palliativ yordam, qo‘llab-quvvatlovchi terapiya hamda onkopsixologiya kabi yo‘nalishlar muhokama qilinadi.

 

Shuningdek, xalqaro ekspertlar multidisiplinar yondashuv asosida onkologlar, neyroxirurglar, radiologlar, intensiv terapiya mutaxassislari va hamshiralar o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashadi.

 

                                   

 

Mutaxassislar kurs davomida zamonaviy xalqaro davolash standartlari, innovatsion yondashuvlar, ilg‘or diagnostika usullari va bemorlar hamda ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

EURO Master Course 2026 xalqaro kursining O‘zbekistonda o‘tkazilishi mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish, xalqaro klinik tajribani joriy etish hamda sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim bosqich sifatida baholanmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkentda bolalar onkologiyasiga bag'ishlangan EURO Master Course 2026 xalqaro ta'lim kursi bo‘lib o‘tadi | Zamon.uz