O'zbekiston

Toshkentda fohishalarga “tankalik” qilgan IIV xodimi qamaldi

Xodim intim xizmat ko‘rsatuvchi ayollarga nisbatan choralar ko‘rmaslik va ularni reydlar haqida oldindan ogohlantirib turish evaziga pul olib kelgan.

Toshkentda fohishalarga “tankalik” qilgan IIV xodimi qamaldi

 

Toshkent shahrida intim xizmat ko‘rsatuvchi ayollarga nisbatan choralar ko‘rmaslik va ularni reydlar haqida oldindan ogohlantirib turish evaziga muntazam ravishda pul olgan ichki ishlar organi xodimiga sud hukmi chiqarildi. Zamon.uz sud hujjati bilan tanishdi.

 

Hujjatlarda keltirilishicha, Yakasaroy tumani IIO FMB 4-sonli IIB HPB profilaktika katta inspektori “Istanbul City” turar joy majmuasida faoliyat yuritgan ayollarga “rahnamolik” qilish, ularga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rmaslik hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning “Oriyat” tadbirlari haqida oldindan ogohlantirib turish evaziga har oy 400 AQSH dollari talab qilgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 2025-yil 28-noyabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida inspektor 400 AQSH dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Sud jarayonida aniqlanishicha, profilaktika inspektori avval ham ayrim ayollarning noqonuniy faoliyatiga ko‘z yumish, reydlar haqida ogohlantirish hamda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga turli miqdorlarda pul olgan.

 

Sudlanuvchi sudda aybini qisman tan olib, pul olganini tasdiqlagan, biroq uni talab qilmaganini bildirgan. Uning aytishicha, mablag‘ ayol tomonidan o‘z ixtiyori bilan berilgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi hukmi bilan sobiq profilaktika inspektori Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi — pora olish jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Hukmga ko‘ra, u 2 yil muddatga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazo manzil-koloniyada o‘talishi belgilangan.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.