O'zbekiston

Toshkentda mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari huquqlari himoyasiga bag‘ishlangan “Xalqaro migratsiya forumi-2026” bo'lib o'tdi

Ushbu forum O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda Migratsiya buyicha xalkaro tashkilot hamkorligida tashkil etildi.

Toshkentda mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari huquqlari himoyasiga bag‘ishlangan “Xalqaro migratsiya forumi-2026” bo'lib o'tdi

 

18-19-may kunlari poytaxtimizda “Mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish” mavzusida “Xalqaro migratsiya forumi-2026” bo‘lib o‘tdi. Ushbu birinchi Toshkent xalqaro migratsiya forumi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda Migratsiya buyicha xalkaro tashkilot (IOM) hamkorligida tashkil etildi.

 

Bugungi globallashuv jarayonida migratsiya masalasi dunyo davlatlari oldidagi muhim mavzulardan biriga aylandi. Ayniqsa, mehnat migratsiyasi, migrantlar huquqini himoya qilish, xavfsiz va qonuniy migratsiya tizimini rivojlantirish masalalari xalqaro hamkorlikni talab etmoqda. Shu nuqtai nazardan, Toshkent xalqaro migratsiya forumi xalqaro miqyosda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

Asosiy maqsadi Markaziy Osiyo va boshqa davlatlar bilan migratsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, xavfsiz, tartibli va muntazam migratsiyani taʼminlashdan iborat mazkur forum xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiyani rivojlantirish maqsadida dunyoning 40 dan ortiq davlati vakillari – 600 ga yaqin ishtirokchini bir maydonga jamladi.

 

Forumda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori akademik Akmal Saidov ishtirok etdi va  “Yangilanishlar davrida migratsiya boshqaruvi: islohotlardan – natijalarga” mavzuida maʼruza qildi. A.Saidov qayd etganidek, 2023-yilda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va huquqlari oliy qadriyat ekani mustahkamlandi.

 

Eng muhimi, Yangi O‘zbekistonda migratsiya va mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish masalalari alohida emas, balki barqaror rivojlanish, inson kapitalini yuksaltirish, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy adolatni mustahkamlash vazifalari bilan uzviy bog‘liq holda ko‘riladi. Shu asosda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solish va fuqarolarni migratsiya jarayonining barcha bosqichlarida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yaxlit tizim shakllantirildi.

 

O‘zbekiston mehnat migratsiyasining xavfsiz, tartibli va qonuniy kanallarini rivojlantirish tarafdori bo‘lib kelmoqda. Binobarin, qonuniy migratsiya ekspluatatsiya va inson huquqlari buzilishi xavfini kamaytiradi, mehnat migrantlarining ijtimoiy va huquqiy himoyasini kuchaytiradi, davlatlar va ish beruvchilar manfaatlariga xizmat qiladi hamda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shadi.

 

Xalqaro migratsiya tashkilotining 2026-yilgi hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 304 millionga yaqin xalqaro migrant mavjud. Shundan 168 millioni mehnat migrantlaridir. Ular jahon mehnat bozori va iqtisodiy o‘sishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Migrantlar oilalariga qariyb 905 milliard dollar miqdorida pul o‘tkazmalari yo‘naltirilgan.

 

O‘z navbatida, 38 milliondan ziyod aholisi bor va Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholi yashaydigan O‘zbekiston mintaqada eng yosh demografik tarkibga ega. Bugungi kunda pul o‘tkazmalari mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotining muhim omillaridan biriga aylangan. Ayni paytda 1 million 200 nafar fuqaromiz xorijda rasmiy mehnat faoliyatini olib bormoqda.

 

Muxtasar aytganda, O‘zbekiston BMT tomonidan Migratsiya bo‘yicha global bitim (GCM) maqsadiga muvofiq migratsiyani boshqarish sohasidagi islohotni faol ilgari surayotgan, ilg‘or tajriba namoyish etayotgan mamlakat sifatida eʼtirof etilmoqda. Forumda ishtirok etgan xalqaro ekspertlar ham mamlakatimizda migratsiya sohasida amalga oshirilgan ijobiy ishlarni yuqori baholadi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati

 

 

Ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha uziladi: ko‘chalar ro‘yxati e’lon qilindi

Ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha uziladi: ko‘chalar ro‘yxati e’lon qilindi

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar va turar joy majmualarida 19-oktyabrdan 20-oktyabrgacha ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Saida Mirziyoyeva Marko Rubioni Samarqandda kutib oldi

Saida Mirziyoyeva Marko Rubioni Samarqandda kutib oldi

Bu AQSh Davlat kotibining Markaziy Osiyoga ilk tashrifi ekani qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi yangi ko‘prikni borib ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi yangi ko‘prikni borib ko‘rdi

Samarqand markazini “Shirin” massivi bilan bog‘lovchi zamonaviy ko‘prik qurilmoqda.

O‘zbekiston va AQSH munosabatlari: Markaziy Osiyo jahon matbuoti diqqat markazida

O‘zbekiston va AQSH munosabatlari: Markaziy Osiyo jahon matbuoti diqqat markazida

Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi xalqaro nashrlarda yoritildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezidentga majmuani rivojlantirish, ziyorat turizmini kengaytirish va allomaning ilmiy merosini dunyoga targ‘ib qilish ishlari haqida axborot berildi.

Marko Rubio: “O‘zbekiston bilan hamkorlik biz uchun muhim”

Marko Rubio: “O‘zbekiston bilan hamkorlik biz uchun muhim”

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio O‘zbekistonga tashrifi arafasida nega aynan hozir, dunyoda inqirozlar avj olgan bir paytda Samarqandga yo‘l olgani haqidagi savolga javob berdi.

Samarqandda xalqaro tadbirlar: ayrim yo‘llarda harakat cheklanadi

Samarqandda xalqaro tadbirlar: ayrim yo‘llarda harakat cheklanadi

18–22-oktyabr kunlari xalqaro tadbirlar sabab shaharga kirish yo‘llari va 16 ta markaziy ko‘chada transport harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi.

O‘yinchoq ichidan gashish chiqdi: ayol ushlandi

O‘yinchoq ichidan gashish chiqdi: ayol ushlandi

Giyohvand modda Toshkentga olib ketilayotgan bo‘lgan.