Jahon

Britaniya qiroli Charlz III “vafot etdi” — Radio Caroline

Radiostansiya efirida texnik xato sabab qirolning vafoti haqida noto‘g‘ri xabar tarqatildi va keyinchalik tinglovchilar hamda qirollik oilasidan uzr so‘raldi.

Britaniya qiroli Charlz III “vafot etdi” — Radio Caroline

 

Britaniyaning Radio Caroline radiostansiyasi efir vaqtida texnik xatolik tufayli qirol Charlz III vafoti haqida noto‘g‘ri xabar e’lon qildi. Keyinchalik stansiya mazkur holat yuzasidan tinglovchilar hamda qirollik oilasidan rasman uzr so‘radi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 19-may kuni kunduzgi efir jarayonida yuz bergan. Tinglovchilar efirda monarxning vafoti haqida shoshilinch e’lon berilganini bildirgan, shundan so‘ng eshittirish vaqtincha to‘xtatilgan.

 

Keyinchalik boshlovchilar efirni davom ettirib, yuzaga kelgan holat texnik nosozlik bilan bog‘liq ekanini ma’lum qilgan va tinglovchilardan uzr so‘ragan. Radiostansiya direktori Piter Mur ham holat “monarx vafoti bo‘yicha ogohlantirish tizimi tasodifan faollashgani” natijasida yuz berganini bildirgan.

 

Shuningdek, Radio Caroline qirollik oilasi bilan uzoq yillik hamkorlik an’anasini davom ettirishini va kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligini ta’kidlagan.

 

Hodisadan bir kun oldin, Charlz III Qirollik bog'dorchilik jamiyati (RHS) tomonidan har yili tashkil etiladigan Chelsea gullar ko'rgazmasida ishtirok etgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.