O'zbekiston

Navoiy viloyatida sel oqibatida yo‘l to‘silib, 4 ta avtomobil zarar ko‘rdi

Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida Angidon, Langar, Kattasoy va Maydon soylari yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga ko‘chirilgan.

Navoiy viloyatida sel oqibatida yo‘l to‘silib, 4 ta avtomobil zarar ko‘rdi

Navoiy viloyatida yuzaga kelgan selda 4 avtomobil zarar ko‘rdi, odamlar xavfsiz hududga ko‘chirildi. Bu haqda FVV xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 21-may kuni soat 13:45 dan 15:40 ga qadar Navoiy viloyatining Xatirchi, Karmana va Nurota tumanlarining tog‘li va tog‘ oldi hududlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida sel-suv oqimlari yuzaga kelgan. 

 

Xususan, Xatirchi tumanida avtomobil yo‘lining bir qismi xarsang toshlar bilan to‘silib qolishi natijasida 4 ta "Nexia-1", "Cobalt", "Nexia-3" va "Uaz-469" rusumli avtomobillar va bir nechta uy-joylar sel oqimlaridan zarar ko‘rgan. Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida Angidon, Langar, Kattasoy va Maydon soylari yaqinida yashovchi fuqarolar vaqtinchalik xavfsiz hududga ko‘chirilgan. 

 

Karmana tumanida sel suvlari 7 ta aholi xonadonining tomorqa maydoni va qo‘shimcha qurilmalariga kirgan. 

 

Nurota tumanining ayrim hududlarida ham sel oqimlari qayd etilgan. Sel suvlari sel yo‘llaridan zararsiz o‘qib o‘tgan. 

 

Vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida jami 37 ta maxsus texnika va 173 nafar shaxsiy tarkib jalb etilgan. 

 

FVV o'rganishlari natijasiga ko‘ra, aholi xonadonlari, ijtimoiy infratuzilma obyektlari va kommunikatsiya tarmoqlariga jiddiy zarar yetmagan. Tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. 

 

Qayd etilishicha, hozirda Navoiy viloyati FVB hamda FVDT xizmatlari tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, vaziyat oqibatlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda vaziyat to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, hududlarda monitoring ishlari davom ettirilmoqda.  

 

 

 

 

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.