O'zbekiston

Ovozsiz san’at, chuqur ma’no: Toshkentda “Qo‘g‘irchoqlar” ko‘rgazmasi ochildi

Toshkentdagi Artepa galereyasida shveytsariyalik rassom Peter Aerschmannning “Qo‘g‘irchoqlar” nomli ko‘rgazmasi namoyish etildi. Ko‘rgazma ilk bor O‘zbekistonda tashkil etildi.

Ovozsiz san’at, chuqur ma’no: Toshkentda “Qo‘g‘irchoqlar” ko‘rgazmasi ochildi

 

Mazkur ko‘rgazmaning nomi rus tilidagi “marionetki” so‘zidan olingan bo‘lib, boshqariladigan qo‘g‘irchoqlar ma’nosini anglatadi.



Ekspozitsiyadagi barcha materiallar va installyatsiyalar real hayotdagi obrazlar asosida yaratilgan bo‘lib, eng asosiysi ularda sun’iy intellektdan foydalanilmagan. Ko‘rgazma ovozsiz tashkil etilgani ham muallifning asosiy g‘oyalaridan biri hisoblanadi. Rassomning fikricha, musiqa yoki tovush tomoshabinga tayyor kayfiyat beradi, sukut esa har bir insonga asarlarni o‘z hissiyoti va tasavvuri orqali qabul qilish imkonini yaratadi.



Ko‘rgazmada ekologiya va insonning iste’mol odatlari mavzusiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Tashkilotchilar insonlarning kundalik takrorlanadigan harakatlari — xarid qilish, iste’mol qilish va plastik mahsulotlardan foydalanish kabi odatlar atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Ularning fikricha, ekologik muammolarni kamaytirish uchun jamiyat birgalikda harakat qilishi va kundalik odatlarni o‘zgartirishi zarur.


Ko'rgazmadagi har bir kadr va installyatsiya alohida ma’noga ega. Ayrim ishlarda mevalar va o‘simliklar tirik tabiat kabi emas, balki mexanik tizim singari harakat qiladi. Muallif bu orqali tabiatning sun’iy ravishda takrorlanishi va raqamli dunyo real hayot o‘rnini bosa oladimi, degan savolni o‘rtaga tashlaydi. Asarlar texnologiya va tabiat birlashadigan yoki to‘qnashadigan kelajak haqidagi mulohazalarni aks ettiradi.



“Qo‘g‘irchoqlar-1”, “Qo‘g‘irchoqlar-2”, “Muvozanat”, “Mayatnik-5”, “Ko‘rinmaslar”, “Signallar”, “Adashish”, “O‘tloq”, “Balet”, “Qor sharlari” va “Qayiq” kabi videoinstallatsiyalarda insonlarning takrorlanuvchi harakatlari, iste’mol tizimi va zamonaviy jamiyatdagi begonalashuv mavzulari ko‘tarilgan.



Masalan, “Mayatnik-5” asarida shahar makonidan uzilgan va cheksiz sikl ichida qolgan kuryerlar tasvirlangan. Ular globallashuv, tezkor iste’mol va yetkazib berish tizimining ramziga aylangan. Takroriy harakatlar esa bu tizimlarning yashirin ijtimoiy va ekologik oqibatlariga ishora qiladi.



Yana bir installyatsiyada oq qo‘lqopli qo‘llar o‘yin kublarini boshqaradi. Kublar bir vaqtning o‘zida ham boshqarilayotgandek, ham mustaqil harakat qilayotgandek ko‘rinadi. Muallif bu orqali nazorat, tasodif va taqdir o‘rtasidagi nozik chegaralarni ko‘rsatishga urinadi.



Ko‘rgazmadagi ayrim ishlarda raqamli texnologiyalar sabab insonlarning bir-biridan uzoqlashib borayotgani ham tasvirlangan. E’tibor tobora ekranlarga ko‘chayotgani, jismoniy mavjudlik esa ikkinchi darajaga tushib qolayotgani asosiy mavzulardan biri sifatida ko‘rsatilgan.



Markaziy installyatsiyalardan birida himoya kostyumidagi figura platforma ustida aylanadi. Atrofidagi nol va bir bilan belgilangan sferalar esa dunyoning raqamli kodlanishi va insonning tizim ichidagi izolyatsiyalangan holatini ifodalaydi.Rassom Peter Aerschmann esa ko‘rgazma markazidagi bog‘ tasvirlari uning shaxsiy hayotidan olinganini aytdi. Rassom tog‘dagi kichik fermada ulg‘ayganini va tabiat uning ijodida doimo muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asarlar aniq bir xabar berish uchun emas, balki odamlarni fikr almashishga va muhokamaga chorlaydigan makon yaratish uchun ishlangan.

 

“Qo‘g‘irchoqlar” mavzusi esa rassomning so‘nggi 25 yillik ijodida qayta-qayta uchrab kelgan obrazlardan biri hisoblanadi. Muallifning aytishicha, bu obrazlar inson va jamiyat hayotidagi yashirin kuchlar hamda ko‘rinmas ta’sirlarni ifodalaydi.



Bundan tashqari ko‘rgazma doirasida mahalliy rassomlar ishtirokida workshoplar ham tashkil etilishi rejalashtirilgan. Unda Peter Aerschmann o‘zbekistonlik ijodkorlar bilan birgalikda ishlaydi va yaratilgan yangi asarlar ham ko‘rgazmadan o‘rin oladi.



Tadbirda ishtirok etgan BAA elchisi doktor Said al-Qamziy ko‘rgazmani san’atning yangi avlodi sifatida baholadi. Uning fikricha, ushbu loyiha O‘zbekiston yoshlarini zamonaviy va raqamli san’at haqida kengroq o‘ylashga undaydi hamda yangi ijodiy imkoniyatlarni ochib beradi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ovozsiz san’at, chuqur ma’no: Toshkentda “Qo‘g‘irchoqlar” ko‘rgazmasi ochildi | Zamon.uz