O'zbekiston

O‘zbekistonda orfan kasalliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan 3-Milliy konferensiya bo‘lib o‘tadi

Tadbirda noyob kasalliklarni erta aniqlash, zamonaviy davolash usullari hamda bemorlarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilinadi.

O‘zbekistonda orfan kasalliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan 3-Milliy konferensiya bo‘lib o‘tadi

22-may kuni Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi muasssisligidagi Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan ilk marotaba Xalqaro ekspertlar ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida kam uchraydigan orfan kasalliklar profilaktikasiga bag‘ishlab 3-Milliy konferensiya” o‘z ishini boshlaydi.

 

Mazkur tadbirga mahalliy va xorijlik mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, noyob xastalikning zamonaviy davolash usullarini, erta tashxislash bo‘yicha yangicha yondashuvlarni muhokama qiladi.

 

Orfan kasalliklari – kam uchraydigan kasalliklar turkumiga kiradi. AQSHda 200 mingga yaqin, Yaponiyada 50 mingga yaqin, dunyo bo‘ylab esa 300 mln.bemor (umumiy aholining 5%) ushbu kasallikka chalinganlar hisoblanadi. Shunday qilib, sayyoradagi har yigirmanchi odam bu kasallikdan umr bo‘yicha aziyat chekadi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, orfan kasalliklarni 7000 mingdan ortiq turi mavjud ekan.

 

Ma’lumki, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan  respublika bo‘ylab kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy genetik kasalliklarga chalingan bolalarni erta aniqlash va ularga to‘g‘ri tashxis qo‘yish, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda mahalliy shifokorlarning kasb malakasini oshirish maqsadida O‘zbekistonga rossiyalik tajribali mutaxassislar keng jalb etilgan.

 

Orfan kasalliklariga chalingan bemorlarni davolash tizimini takomillashtirish, ularni dori-darmon bilan o‘z vaqtida ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, umr ko‘rish davomiyligini oshirish va sifatini yaxshilash, sog‘liqni saqlash tashkilotlari, tibbiyot mutaxassislari, bemorlar jamoasining birgalikdagi sa’y-harakatlarini talab qiladigan umumiy vazifadir.

 

O‘tgan yillar davomida Fond tomonidan “Nomukammal osteogenez” va “Goshe” kasalligi bilan xastalangan bemor bolajonlarni davolash, ularni zarur dori vositalari bilan ta’minlash, kasallikka erta tashxis qo‘yish va uni o‘z vaqtida aniqlash bo‘yicha tibbiy ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha bir qator tadbirlar amalga oshirildi. “Orfan karvoni” haftaligi doirasida 340 nafar bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 

 

“Xrustal bolalar” aksiyasi davomida 150 nafar bolada murakkab operatsiya amaliyotlari bajarildi. Mahalliy shifokorlar uchun 500 dan ortiq “Mahorat darslari” tashkil etildi. Mazkur maqsadlar qariyb Fond tomonidan 30 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi.

 

“Goshe” kasalligi bilan ro‘yxatda turgan bemor bolalarni davolash uchun Fond tomonidan ilk bor “Glurazim” dori vositasi O‘zbekistonga olib kirildi. Ushbu dorining har bir flakoni 2350 dollar turadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilda “2026–2030-yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror asosida orfan kasalliklarni erta aniqlash, diagnostika imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy davolash mexanizmlarini joriy etish, yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni rivojlantirish va bemor bolalarga kompleks ijtimoiy ko‘mak berish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.

 

Konferensiyada mazkur xastaliklarning jahon tibbiyotidagi yondashuvlari, tendensiyalari, o‘ziga xos davolash usullari, murakkab amaliyotlarda qo‘llaniladigan noyob tajribalari xususida fikr almashiladi. Bu borada O‘zbekiston tibbiyotida ham mazkur xalqaro tajribalarni keng ommalashtirish, kasallikni o‘z vaqtida davolash choralarini ko‘rish yuzasidan bir qator takliflar bildiriladi.

 

Xorijlik mutaxassislar tomonidan mavzu doirasida ma’ruza va taqdimotlar qilinadi. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda olib borilgan izlanishlar va ularning natijalari keng tahlil qilinadi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda orfan kasalliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan 3-Milliy konferensiya bo‘lib o‘tadi | Zamon.uz