Jahon

Afg‘onistonda toshqinlar oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi

Mart oyining oxiridan buyon mamlakatda kuzatilayotgan kuchli yog'ingarchilik suv toshqinlari va ko‘chkilarga sabab bo‘lmoqda.

Afg‘onistonda toshqinlar oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida so‘nggi 48 soat ichida kamida 24 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Arab News xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi bir sutka davomida mamlakat shimolidagi Bag‘lon viloyatida 15 kishi, shimoli-sharqdagi Badaxshon viloyatida ikki kishi va markaziy Vardak viloyatida bir kishi sel oqimlari oqibatida halok bo‘lgan.

 

Bag‘lon viloyati gubernatori matbuot kotibi, suv toshqinlari oqibatida o‘nlab odamlar jarohatlanganini ma’lum qildi.

 

Badaxshon viloyatidagi mahalliy rasmiylarga ko‘ra, ikki kishi bedarak yo‘qolgan, 100 dan ortiq turar joy vayron bo‘lgan.

 

Chorshanba kunidan buyon davom etayotgan kuchli yomg‘irlar Afg‘onistonning bir qator hududlarida suv toshqinlarini yuzaga keltirgan. Payshanba kuni mamlakatning boshqa viloyatlarida ham yana olti kishi halok bo‘lgani xabar qilindi.

 

Afg‘onistonning tabiiy ofatlarni boshqarish milliy boshqarmasi vakilining aytishicha, so‘nggi 24 soat ichida 11 kishi jarohat olgan.

 

Mart oyining oxiridan buyon mamlakatda kuzatilayotgan noqulay ob-havo suv toshqinlari va ko‘chkilarga sabab bo‘lib, uy-joylar hamda qishloq xo‘jaligi maydonlariga katta zarar yetkazmoqda.

 

Aprel oyida ham Afg‘onistonda kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida kamida 148 kishi halok bo‘lgan, 137 kishi jarohatlangan.

 

Mutaxassislar Afg‘oniston infratuzilmasining zaifligi va iqlim o‘zgarishi ekstremal ob-havo hodisalarining ko‘payishiga sabab bo‘layotganini ta’kidlamoqda.

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.