Jahon

llon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanishi mumkin

SpaceX’ning bozor qiymati qariyb 1,75 trillion dollarga baholanmoqda.

llon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanishi mumkin

 

Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanishi mumkin. Bunga uning SpaceX kompaniyasining AQSh fond bozorida ommaviy aksiyalar savdosiga chiqish rejasi sabab bo‘lmoqda. Bu haqda The Guardian xabar berdi



Ma’lum qilinishicha, raketa va sun’iy yo‘ldosh ishlab chiqaruvchi SpaceX kompaniyasi 24 yil ichida ilk bor batafsil moliyaviy hisobotlarini e’lon qilgan. Kompaniya 12-iyun kuni Nasdaq birjasida “SPCX” savdo belgisi ostida ro‘yxatga olinadi.



Dastlabki baholashlarga ko‘ra, SpaceX’ning bozor qiymati qariyb 1,75 trillion dollarni tashkil etmoqda. Kompaniya IPO orqali 80 milliard dollargacha investitsiya jalb qilishni rejalashtirgan.



Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu IPO Wall Street tarixidagi eng yirik ommaviy aksiyalar joylashtirishlaridan biri bo‘lishi mumkin. Bu esa Ilon Mask boyligining yanada oshishiga xizmat qilishi kutilmoqda. Hozirda Forbes nashri uning boyligini 807 milliard dollar atrofida baholamoqda.



Shuningdek, e’lon qilingan hujjatlarda SpaceX’ning sun’iy intellekt sohasidagi Anthropic kompaniyasi bilan tuzgan yirik kelishuvi tafsilotlari ham ochiqlangan. Unga ko‘ra, Anthropic kompaniyasi xAI ma’lumotlar markazlaridan foydalanish uchun yiliga 15 milliard dollar to‘laydi.



SpaceX kompaniyasi raketa va kosmik texnologiyalar, Starlink sun’iy yo‘ldosh internet tizimi hamda sun’iy intellekt loyihalari bilan shug‘ullanadi. Kompaniya, shuningdek, avval Twitter nomi bilan tanilgan X ijtimoiy tarmog‘iga ham egalik qiladi.



Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask avvalroq 800 milliard dollardan ortiq boylikka ega bo‘lgan dunyodagi ilk inson sifatida qayd etilgandi.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.