O'zbekiston

O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan universitetlar diplomi endi dunyoda ham tan olinadi

Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi INQAAHE xalqaro tarmog‘iga to‘liq a’zo bo‘ldi.

O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan universitetlar diplomi endi dunyoda ham tan olinadi



Ayni kunlarda London shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Education World Forum 2026” doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro ta’lim, akkreditatsiya va sifatni ta’minlash sohasidagi qator nufuzli tashkilotlar bilan strategik uchrashuvlar o‘tkazmoqda.



Uchrashuvlar chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining oliy ta’limda sifatni ta’minlash sohasidagi eng yirik xalqaro tarmoqlardan biri INQAAHE (International Network for Quality Assurance Agenciyes in Higher Education)ga to‘liq a’zoligi rasman tasdiqlandi, bu haqda Agentlik Axborot xizmati ma'lum qiladi.



INQAAHE 300 dan ortiq akkreditatsiya tashkilotlari, sifat agentliklari va ekspertlarni birlashtiradi. Mazkur a’zolik O‘zbekiston milliy akkreditatsiya tizimining xalqaro standartlarga muvofiqligini anglatadi hamda mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan oliy ta’lim muassasalari diplomlarining xalqaro miqyosda tan olinishi imkoniyatlarini kengaytiradi.



Bu esa bitiruvchilarning xorijda ta’lim va mehnat faoliyatini davom ettirish, universitetlarning xalqaro reyting va grant dasturlarida ishtirok etishi, ikki diplomli va qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini faollashtirish uchun muhim asos yaratadi.


Bundan tashqari akkreditatsiya jarayonlariga INQAAHE tarmog‘i orqali yuqori malakali xalqaro ekspertlarni jalb etish imkoniyati yaratiladi, bu esa davlat akkreditatsiyasi sifatini yanada oshiradi.


Mazkur a’zolik O‘zbekistonda ta’lim sifati, xalqaro integratsiya va tan olinuvchanlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim strategik ahamiyat kasb etadi.



Ta’kidlash joizki, Education World Forum doirasida o‘tkazilgan mazkur uchrashuv va kelishuvlar O‘zbekiston ta’lim tizimida xalqaro tan olinuvchanlik, sifat, shaffoflik va raqobatbardoshlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

custom img

O‘zbekistonda bug‘doydan bo‘shagan dalalarni yoqqan 172 kishi jarimaga tortildi

Huquqbuzarlarga jami 212,5 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan. Tabiatga yetkazilgan zarar 652,3 million so‘m etib baholangan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiriga ta’ziya yo‘lladi

Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning otasi, mamlakatning sobiq Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy 74 yoshida vafot etdi.

custom img

Toshkentdagi "O‘zbekiston" mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Mehmonxonaning 10-qavatidagi ishchilar xonasi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

O‘zbekistonda Jahon Islom sivilizatsiyasi alyansi tuziladi

Yangi tuzilma Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi negizida tashkil etilib, xalqaro ilmiy va ta’lim muassasalarini bir platformada birlashtirishi ko‘zda tutilgan.

custom img

O‘zbekistonda jarima ballari 12 balldan yuqori haydovchilar soni 671 nafarga yetdi

Yo‘l harakati qoidalarini buzgan qariyb 400 ming haydovchiga ma’muriy ogohlantirish qo‘llanilgan.

custom img

Qoraqalpog‘istonda issiq sabab bog‘chalar vaqtincha yopiladi

Cheklovlar 13-iyuldan boshlanib, hududlarga qarab 15–18-iyulgacha amal qiladi.

custom img

O‘zbekistonliklar 5 oyda sog‘liqni saqlash xizmatlariga 9,1 trln so‘m sarfladi

Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,7 foizga oshgan.

custom img

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga Islom sivilizatsiyasi I xalqaro forumi ishtirokchilarining murojaati

Ishtirokchilar forumda qabul qilingan qarorlar dunyo xalqlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv, adolat va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini tiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"