O'zbekiston

O'zbekistondagi korrupsiya mojarosi: Beeline investorlarga kompensatsiya to'laydi

Kompaniya O‘zbekiston telekom bozoridagi faoliyati, korrupsiya bilan bog‘liq xavflar va kompaniyaning bozor natijalari haqida investorlarga to‘liq hamda haqqoniy ma’lumot bermaganlikda ayblagan.

O'zbekistondagi korrupsiya mojarosi: Beeline investorlarga kompensatsiya to'laydi

 

AQSh sudi Beeline brendi bilan tanilgan VEON xalqaro telekommunikatsiya kompaniyasiga qarshi aksiyadorlar tomonidan kiritilgan da’vo bo‘yicha suddan tashqari kelishuvni tasdiqladi.

 

Ma’lum qilinishicha, kompaniya investorlar bilan 20 million dollar miqdoridagi kelishuvga erishgan. Ushbu mablag‘ da’vogar investorlar o‘rtasida taqsimlanadi.

 

Da’vogarlar VEON’ni O‘zbekiston telekom bozoridagi faoliyati, korrupsiya bilan bog‘liq xavflar va kompaniyaning bozor natijalari haqida investorlarga to‘liq hamda haqqoniy ma’lumot bermaganlikda ayblagan.

 

Mazkur ish VEON’ning O‘zbekiston bozoriga kirish jarayoni bilan bog‘liq ko‘p yillik korrupsiya mojarolari fonida ko‘rib chiqildi. Avvalroq AQSh va Niderlandiya rasmiylari tomonidan kompaniya faoliyati yuzasidan xalqaro tergovlar o‘tkazilgan edi.

 

VEON — Niderlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan xalqaro telekommunikatsiya va raqamli xizmatlar kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya avval “VimpelCom” nomi ostida faoliyat yuritgan bo‘lib, “Beeline” brendi orqali Rossiya va MDH davlatlarida keng tarmoqqa ega bo‘lgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda VEON O‘zbekiston telekom bozori bilan bog‘liq korrupsiya ishlari yuzasidan AQSh va Niderlandiya rasmiylari bilan yirik moliyaviy kelishuvlarga ham erishgan edi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"