O'zbekiston

Samarqandda MIB orqali qidiruvdagi mashina topilib, jarima maydonchasiga joylashtirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro qarzini to‘lamasdan, o‘ziga tegishli “Mercedes Benz”ni yaqinlariga tegishli manzillarda yashirib yurgan.

Samarqandda MIB orqali qidiruvdagi mashina topilib, jarima maydonchasiga joylashtirildi

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi Qidiruv shoʻbasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida bank foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan qarzdorlik bilan bog‘liq navbatdagi ijro harakati taʼminlandi.

Maʼlum bo‘lishicha, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro S.T.dan mikromoliya tashkiloti foydasiga 6,6 million so‘m qarzdorlikni undirish belgilangan bo‘lib, unga tegishli “Mercedes Benz 200” rusumli avtotransport vositasiga qidiruv eʼlon qilingan.

Tezkor tadbirlar davomida qarzdor avtotransport vositasidan doimiy ravishda foydalanmasdan, uni yaqinlariga tegishli manzillarda saqlab yurgani aniqlangan. Shu bois transport vositasining aniq joylashuvini belgilash maqsadida bir necha manzillar o‘rganib chiqildi.



Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina navbatdagi yashirin saqlanayotgan manzildan topildi. Natijada transport vositasi belgilangan tartibda xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi. Tezkor qidiruv tadbirlari davom etmoqda.

custom img

Surxondaryodagi Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ davlat muhofazasiga olinadi

Holat  Prezidenti administratsiyasi hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

custom img

Toshkentda elektrobus urib ketishi oqibatida bir kishi vafot etdi

Avtobus orqaga harakatlanayotgan vaqtda piyodani urib yuborgan.

custom img

Markaziy Osiyodagi ilk bepul media bank ishga tushirildi

Aura .uz platformasida 12 mingdan ortiq professional foto, video va infografik materiallar jamlangan bo‘lib, baza har kuni yangi kontentlar bilan boyitib borilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov vafot etdi

Ibrohim G‘afurov mumtoz adabiyot, folklor, adabiy tanqid va badiiy tarjima sohalarida samarali ijod qilgan.

custom img

“Prokuror” deb ko‘rsatilgan shaxs gaz “zapravka” direktori ekani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi bilan tortishib, o‘zini prokuror sifatida tanishtirgan shaxs ishtirokidagi video yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy munosabat bildirdi.

custom img

Toshkentda IIB binosida PPX xodimiga pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

Uning mashinasidan o‘tkir hidli modda solingan paketlar topilgan.

custom img

Firibgarlarning yangi tuzog‘i: Telegramda soxta sud chaqiruvlari tarqatilmoqda

Shubhali fayl yoki havola ochilishi Telegram akkaunti va shaxsiy ma’lumotlarning o‘g‘irlanishiga olib kelishi mumkin.

custom img

Endilikda yiliga bir nechta avtomobil import qilish mumkin

Avtomobillarni import qilishda muvofiqlik sertifikatini yiliga bir marta berish normasi amaldan chiqarildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"