O'zbekiston

“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturida eng namunali xodimlar aniqlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev barcha g‘oliblarning lavozimini bir pog‘ona ko‘tarish va ularni rahbar kadrlar zaxirasiga kiritishni taklif qildi.

“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturida eng namunali xodimlar aniqlandi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi doirasidagi forum va taqdirlash marosimida davlat xizmatchilari o‘rtasida eng namunali xodimlar aniqlanib, g‘oliblar e’lon qilindi.



Tanlov natijalariga ko‘ra, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi boshqarma boshlig‘i Maqsud Bolibekov eng namunali rahbar xodim, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Fazliddin Mo‘minov eng namunali ma’muriy xodim, O‘zatom agentligi bosh mutaxassisi Shoxmirzo Umarov eng namunali mutaxassis xodim sifatida e’tirof etildi.



Shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vaziri maslahatchisi Ummatoy Yo‘ldosheva eng namunali ayol xodim, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi loyiha ofisi rahbari Akbarxon Sobirxonov eng namunali iste’dodli yosh xodim, Adliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Mirsaid Raxmatov esa inson resurslari bo‘yicha eng namunali xodim sifatida taqdirlandi.

 

Davlat rahbari barcha g‘oliblarning lavozimini bir pog‘ona ko‘tarish va ularni rahbar kadrlar zaxirasiga kiritishni taklif qildi. Ularning kasbiy salohiyati, innovatsion yondashuvi va doimiy o‘z ustida ishlashi boshqa xodimlar uchun namuna ekani alohida ta’kidlandi.



Prezident, shuningdek, kelgusida samaradorligi past bo‘lgan davlat idoralari nomi ham ochiq e’lon qilinishini ma’lum qildi.



“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi endilikda har ikki yilda o‘tkazilib, kelgusi bosqichlarda mahalliy hokimliklar ham tanlov jarayoniga jalb etilishi belgilandi.



Tadbir yakunida davlat xizmatchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturida eng namunali xodimlar aniqlandi | Zamon.uz