O'zbekiston

“Sifatli davlat boshqaruvi” forumida eng namunali vazirliklar e’lon qilindi

Forumda Adliya, Tog‘-kon sanoati va geologiya hamda Ichki ishlar vazirliklari eng namunali vazirlik sifatida e’tirof etildi.

“Sifatli davlat boshqaruvi” forumida eng namunali vazirliklar e’lon qilindi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi bo‘yicha forum va taqdirlash marosimida nutq so‘zlab, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar markazida inson qadri va xalq manfaatlari ustuvor o‘rin tutayotganini ta’kidladi.



Forum davomida davlat boshqaruvi tizimiga ilg‘or va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham so‘z yuritildi. Xususan, Birlashgan Arab Amirliklari bilan davlat boshqaruvi yo‘nalishidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqqani alohida ta’kidlandi.



Prezident “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturini amalga oshirishdagi ko‘magi uchun Amirliklar rahbariyati hamda Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Mohammad Al Gergaviga minnatdorlik bildirdi.



Tanlov natijalariga ko‘ra, Adliya vazirligi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha eng namunali vazirlik deb topildi. Qayd etilishicha, vazirlik bugungi kunda 30 ta platforma orqali 380 ta to‘liq raqamlashtirilgan xizmatni taqdim etmoqda va 780 dan ortiq xizmatdan onlayn foydalanish imkoniyati yaratilgan.



Shuningdek, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi resurslarni boshqarish bo‘yicha eng namunali vazirlik sifatida e’tirof etildi. Vazirlik tomonidan geologiya-qidiruv ishlarida suv sarfi 20 foizga qisqartirilgani va asosiy uskunalarni mahalliylashtirish darajasi 84 foizga yetkazilgani qayd etildi.



Ichki ishlar vazirligi esa davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi ijobiy natijalari uchun eng namunali vazirlik deb topildi. Hozirda vazirlik tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning 95 foizi to‘liq raqamli shaklga o‘tkazilgani ma’lum qilindi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.