Jahon

Tinchlik kengashi G'azoni tiklash bo'yicha 15 banddan iborat rejasini taqdim etdi

Rejada XAMASni bosqichma-bosqich qurolsizlantirish va Isroil qo‘shinlarini hududdan olib chiqish nazarda tutilgan.

Tinchlik kengashi G'azoni tiklash bo'yicha 15 banddan iborat rejasini taqdim etdi

 

G‘azo sektoridagi vaziyatni barqarorlashtirish va tinchlik jarayonini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan 15 banddan iborat “yo‘l xaritasi” taqdim etildi. Bu haqda The Jerusalem post nashri xabar berdi.

 

G‘azo Tinchlik kengashi bosh direktori Nikolay Mladenov X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali Donald Trampning G‘azo bo‘yicha keng qamrovli tinchlik rejasini amalga oshirishga qaratilgan taklifni eʼlon qildi.

 

Maʼlum qilinishicha, reja XAMASni bosqichma-bosqich qurolsizlantirish, Isroil mudofaa kuchlarini G‘azo hududidan chiqarish, xalqaro monitoring tizimini joriy etish hamda Falastin boshqaruv tuzilmalarini mustahkamlash kabi muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

 

Taʼkidlanishicha, qurolsizlanish jarayoni bir tomonlama emas, balki Falastin boshchiligida va xalqaro hamjamiyat ishtirokida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

 

Rejaga muvofiq:

— BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi asosida tinchlik jarayoniga sodiqlik taʼminlanishi;
— gumanitar yordam, yonilg‘i taʼminoti va nazorat punktlari faoliyati bo‘yicha kelishuvlar bajarilishi;
— xalqaro monitoring mexanizmi joriy qilinishi;
— G‘azoda vaqtinchalik fuqarolik boshqaruvi tuzilishi;
— qurolli tuzilmalarni davlat boshqaruvidan ajratish;
— xavfsizlik faqat rasmiy Falastin tuzilmalari tomonidan taʼminlanishi;
— politsiya tizimini isloh qilish;
— noqonuniy qurollarni bosqichma-bosqich topshirish;
— ichki qurolli to‘qnashuvlar va zo‘ravonliklarni taqiqlash;
— xalqaro barqarorlashtirish kuchlarini vaqtincha joylashtirish;
— Isroil qo‘shinlarini G‘azodan bosqichma-bosqich chiqarish kabi vazifalar belgilangan.

 

Shuningdek, rejada G‘azoni qayta tiklash uchun hududda tinchlik, xavfsizlik va rasmiy boshqaruv to‘liq taʼminlanishi zarurligi qayd etilgan.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.