O'zbekiston

Toshkentda kredit qarzi sabab yuk mashinasi xatlandi

Avtomashina 1 mlrd so‘mlik qarzdorlik evaziga xatlanib, sotuvga chiqarilgan.

Toshkentda kredit qarzi sabab yuk mashinasi xatlandi

MIBning Toshkent shahar boshqarmasi ish yurituvida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2025 yil 22 iyuldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “A.U.” MCHJdan undiruvchi bank foydasiga 1 mlrd 266 mln 407 ming 910 so‘m qarzdorlikni undirish bo‘yicha ijro harakatlari olib borilmoqda.

 

Sud qaroriga muvofiq, undiruv qarzdor korxonaga tegishli bo‘lgan 2 ta “HOWO” rusumli yuk avtotransport vositalariga qaratilgan.

 

Qarzdor tomonidan belgilangan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari boshlanib, mazkur avtotransport vositalariga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi.

 

Qidiruv tadbirlari davomida “HOWO” rusumli avtotransport vositasi aniqlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi hamda belgilangan tartibda xatlandi. Shundan so‘ng avtomashina elektron auksion savdolariga chiqarildi.

 

Biroq, o‘tkazilgan savdolarda avtotransport vositasi sotilmagani sababli, amaldagi tartibga muvofiq uning boshlang‘ich narxi 25 foizga arzonlashtirilib, 731 million 250 ming so‘m miqdorida qayta savdoga qo‘yildi.

 

Ayni vaqtda qolgan qarzdorlikni undirish hamda sud qarorining to‘liq ijrosini taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.