Jahon

AQSh Ebola xavfi tufayli ayrim “green card” egalari uchun mamlakatga kirishni vaqtincha chekladi

Avval bunday cheklovlar yashil karta egalari uchun amal qilmagan.

AQSh Ebola xavfi tufayli ayrim “green card” egalari uchun mamlakatga kirishni vaqtincha chekladi

 

AQSh ma’muriyati Ebola epidemiyasi kuzatilayotgan hududlarga tashrif buyurgan ayrim yashil karta (“green card”) egalari uchun mamlakatga kirishga vaqtinchalik cheklov joriy etdi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, yangi tartib so‘nggi 21 kun ichida Kongo Demokratik Respublikasi, Uganda yoki Janubiy Sudan hududlariga tashrif buyurgan AQShning qonuniy doimiy rezidentlariga nisbatan qo‘llaniladi. Avval bunday cheklovlar yashil karta egalari uchun amal qilmagan.

 

AQSh sog‘liqni saqlash vaziri Robert F. Kennedy Jr. mazkur qarorni imzolagan bo‘lib, u ushbu chorani “jamoat salomatligi manfaatlariga mos va zarur ehtiyot chorasi” deb atagan.

 

Hujjatda ta’kidlanishicha, Ebola kabi xavfli infeksiyalar bilan bog‘liq karantin choralarini tashkil etish katta resurs va maxsus izolyatsiya infratuzilmasini talab qiladi. Shu sababli hukumat epidemiologik xavfni kamaytirish maqsadida kirish nazoratini kuchaytirishga qaror qilgan.

 

AQSh rasmiylariga ko‘ra, mazkur choralar mamlakat hududida xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan bo‘lib, vaziyatdan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"