Jahon

AQSh “Grin karta” olish tartibini keskin kuchaytirdi

Fuqarolik va Immigratsiya xizmati yangi qoidalar noqonuniy immigratsiyani kamaytirishga xizmat qilishini bildirdi.

AQSh “Grin karta” olish tartibini keskin kuchaytirdi

 

AQSh Fuqarolik va Immigratsiya xizmati yangi immigratsiya qoidalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, endilikda yashil karta olish uchun murojaat qilayotgan shaxslar ariza topshirish jarayonida AQSh hududini tark etishi va hujjatlarni xorijdan topshirishi kerak bo‘ladi.

 

USCIS bayonotida ta’kidlanishicha, ushbu choralar doimiy yashash huquqi rad etilganidan so‘ng mamlakatda noqonuniy qolib ketayotgan immigrantlar sonini kamaytirishga qaratilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, talabalar, vaqtinchalik ishchilar va sayyohlar kabi noimmigratsion viza egalari tashrif maqsadi yakunlangach AQShni tark etishi kerak. USCIS vakillari “AQShga tashrif yashil karta olishning boshlang‘ich bosqichiga aylanmasligi lozim” ekanini ta’kidlagan.

 

Shuningdek, yangi tartib orqali immigratsiya ishlari asosan AQShning xorijdagi konsulliklari orqali ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda. Bu esa USCIS resurslarini fuqarolik olish, odam savdosi va zo‘ravonlik qurbonlari uchun vizalar kabi ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish imkonini beradi.

 

CNN telekanali ma’lumotiga ko‘ra, yangi qoidalar minglab oilalarning ajralishiga, ish joylarini yo‘qotishiga va hujjatlarni ko‘rib chiqish uzoq davom etishi sababli immigratsion noaniqliklarning kuchayishiga olib kelishi mumkin.

 

Bundan tashqari, Tramp ma’muriyati tomonidan “oltin karta” dasturi ham ishga tushirilgan. Mazkur tizimga ko‘ra, arizachilar tezlashtirilgan ko‘rib chiqish uchun 15 ming dollar to‘laydi va keyinchalik AQShda yashash hamda ishlash imkonini beruvchi maxsus maqom olish uchun 1 million dollarlik depozit kiritadi.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"