O'zbekiston

Navoiyda ko‘p qavatli uy “podval” ida noqonuniy basseyn qurilgani aniqlandi

Holat yuzasidan huquqbuzar 20 mln 600 ming so‘m jarimaga tortilgan.

Navoiyda ko‘p qavatli uy “podval” ida noqonuniy basseyn qurilgani aniqlandi

 

Navoiy viloyatida ko‘p qavatli uylarning texnik holatini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Zarafshon shahridagi uylarning birida qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi. bU HAQDA Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi nazorati inspeksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Zarafshan shahrining 12-kichik hududida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida mulkdor tomonidan birinchi qavatdagi xonadondan podvalga tushish uchun o‘zboshimchalik bilan yo‘lak ochilgan.

 

Shuningdek, podval qismi noqonuniy ravishda egallab olingani hamda xonadon hududida ruxsatsiz tarzda basseyn qurilgani aniqlangan.

 

Mutaxassislar bunday noqonuniy qurilish ishlari ko‘p qavatli uyning konstruktiv mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, bino texnik holatining zaiflashishiga olib kelishi va aholi xavfsizligiga bevosita tahdid tug‘dirishi mumkinligini ta’kidlagan.

 

Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzar shaxsga nisbatan amaldagi tartib asosida bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima qo‘llanilgan.

 

Bundan tashqari, noqonuniy qurilishlarni avvalgi holatiga qaytarish bo‘yicha majburiy yozma ko‘rsatma berilgan. Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmasa, majburiy tartibda tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilingan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Navoiyda ko‘p qavatli uy “podval” ida noqonuniy basseyn qurilgani aniqlandi | Zamon.uz