Jahon

Tramp singlisiga suiqasd rejlashtirgan iroqlik qo‘lga olindi

Iroq fuqarosi bo'lgan Muhammad Bagir Donald Trampning qizi Ivanka Trampga qarshi suiqasd uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilinmoqda.

Tramp singlisiga suiqasd rejlashtirgan iroqlik qo‘lga olindi

 

New York Post manbalariga tayanib xabar berishicha, Iroq fuqarosi bo'lgan Muhammad Bagir Saad Daud as-Saadi Donald Trampning qizi Ivanka Trampga qarshi suiqasd uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilinmoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, 32 yoshli Muhammad al-Saadi 15-may kuni Turkiya hududida qo‘lga olingan va keyinchalik AQShga ekstraditsiya qilingan. AQSh rasmiylari uning Hizbulloh brigadalari hamda Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi bilan aloqador ekanini taxmin qilmoqda.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumondor 2020-yilda Qosim Sulaymoniyning Bag‘dodda o‘ldirilishi uchun qasos olish maqsadida Ivanka Trampni nishonga olishni rejalashtirgan. General Sulaymoniy AQShning maxsus amaliyoti davomida yo‘q qilingan edi.

 

Nashr yozishicha, Muhammad al-Saadi o‘zining rejalari haqida avval ham ijtimoiy tarmoqlarda ochiq ishoralar bergan. Xususan, 2021-yilda u Ivanka Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner yashaydigan hudud aks etgan Florida xaritasini e’lon qilgan. Postda “Hozir kuzatuv va tahlil bosqichidamiz. Qasos — vaqt masalasi” degan mazmundagi yozuv ham bo‘lgani aytilmoqda.

 

Shuningdek, manbalarga ko‘ra, gumondorda Ivanka Trampning yashash manzili va uy chizmalari bilan bog‘liq materiallar ham bo‘lgan. U Iroqning rasmiy pasportidan foydalangani sababli bir qator davlatlarga erkin kirib-chiqish imkoniga ega bo‘lgani qayd etilgan.

 

AQSh Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Muhammad al-Saadi Yevropa va AQSh hududlarida sodir etilgan qator hujumlar hamda hujumlarga urinishlarda ham gumon qilinmoqda. Jumladan, Amsterdamdagi bank binosiga o‘t qo‘yish, Torontodagi AQSh konsulligi yaqinidagi otishma va Londonda ikki yahudiyga pichoq bilan hujum qilish holatlari tergov doirasida o‘rganilmoqda.

 

Hozirda mazkur ish yuzasidan keng ko‘lamli tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

"Men boshqalarning o‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasdim”: Flydubai kapitani voqea tafsilotlarini aytdi

Flydubai reysida ikkinchi uchuvchi tomonidan hujumga uchragan Smit Machchhar Hindiston Bosh vaziri bilan suhbatlashdi.

custom img

Tailanddagi suv toshqini avtomobil sanoatiga ta’sir qildi: Toyota va Honda zavodlarini yopdi

Suv toshqini ehtiyot qismlar yetkazib berish zanjirida uzilishlarga sabab bo‘lgan.

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"