Jahon

Xitoydagi ko‘mir konida yuz bergan portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Portlash paytida kon hududida jami 247 nafar ishchi bo‘lgan.

Xitoydagi ko‘mir konida yuz bergan portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

 

Xitoyning shimolidagi Shansi provinsiyasining Qinyuan okrugida joylashgan “Lushenyu” ko‘mir konida yuz bergan gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 90 nafarga yetdi. Bu haqda BBC ma’lum qildi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 22-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:29 da sodir bo‘lgan. Portlash paytida kon hududida jami 247 nafar ishchi bo‘lgan.

 

Avvalroq 82 nafar konchi halok bo‘lgani va 9 kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik qurbonlar soni yana ortgani ma’lum qilingan. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

 

Xitoy raisi Si Szinpin voqea yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rish, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish hamda omon qolganlarni izlash bo‘yicha barcha imkoniyatlarni safarbar etishga chaqirgan. Shuningdek, u hukumatga avariya sabablarini chuqur o‘rganish va aybdorlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha topshiriq bergan.

 

Vakolatli organlar tomonidan hodisa sabablari yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.