O'zbekiston

O‘zbekistonda nasldor buzoqlar uchun subsidiya beriladi

Aholi xonadonlarida identifikatsiya qilingan sigirlardan olingan har bir nasldor buzoq uchun 2030-yilgacha subsidiya ajratiladi.

O‘zbekistonda nasldor buzoqlar uchun subsidiya beriladi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-iyuldan boshlab aholi xonadonlarida identifikatsiya qilingan sigirlardan olingan har bir nasldor buzoq uchun subsidiya ajratiladi. Bu Prezidentning chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid qarorida belgilandi.

 

Hujjatga ko‘ra, 2030-yilgacha sun’iy urug‘lantirish orqali olingan har bir buzoq uchun 500 ming so‘m, embrion ko‘chirib o‘tkazish orqali olingan buzoq uchun esa Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat budjeti hisobidan 700 ming so‘m subsidiya to‘lanadi.

 

Shuningdek, 2026-yil 1-iyundan 2029-yil 1-yanvargacha xorijdan nasldor qoramol, qo‘y va echkilarni O‘zbekiston hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.

 

Qarorga muvofiq, bir qator yo‘nalishlarda tijorat banklari orqali yillik 10 foiz stavkada, shundan 4 foizi bank marjasi hisoblangan holda, 4 yillik imtiyozli davr bilan 10 yilgacha muddatga kreditlar ajratiladi.

 

Xususan:

  •   chorvachilik majmualarini tashkil etish hamda nasldor yirik va mayda shoxli qoramollar xarid qilish loyihalarini moliyalashtirish uchun 5 milliard so‘mgacha;

 

  •   naslli buqalar urug‘ini yetishtiradigan korxonalarni tashkil etuvchi tadbirkorlarga qurilish, uskunalar va naslli qoramollar xaridi xarajatlari uchun 20 milliard so‘mgacha; 

 

  •  davlat kafolati ostida jalb qilingan xalqaro moliya institutlari kreditlari chorvachilik subyektlariga yillik 10 foiz stavkada ajratiladi.

 

Hujjatda 2027-yil hosilidan boshlab qishloq xo‘jaligi tashkilotlarida yer ijara shartnomalari asosida paxta va boshoqli don ekilishi rejalashtirilgan maydonlarning 50 foiziga ozuqabop ekinlar joylashtirishga ruxsat berilishi ham nazarda tutilgan. Qolgan yerlarda esa paxta va boshoqli don yetishtiriladi.

 

Qaror bilan 2026–2028-yillarda qoramollar bosh sonini 16,5 milliontaga, qo‘y va echkilar sonini 30 milliontaga, parrandalar sonini esa 141 milliontaga yetkazish maqsad qilingan.

 

Bundan tashqari, go‘sht va sut mahsulotlarini sanoat usulida qayta ishlash darajasini 50 foizga yetkazish, nasldor qoramollar ulushini 90 foizga chiqarish orqali chorva mollari mahsuldorligini oshirish rejalashtirilgan.

 

Mazkur qaror bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning 12-may kuni chorvachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlanadi.

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Sud binosidagi janjal: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sud binosidagi janjal: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Aktyor Bilol Isxakov avvalroq Prezident va Prezident Administratsiyasi rahbariga murojaat qilgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

O‘zbekiston rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

X xalqaro “Yevrosiyo ko‘prigi” kinofestivali: Rashid Malikovning filmi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

X xalqaro “Yevrosiyo ko‘prigi” kinofestivali: Rashid Malikovning filmi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

Inson taqdiri haqidagi hikoya xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi

Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi

14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Avtobus tozaligiga beparvolik qimmatga tushdi: uch mexanik jarimaga tortildi

Avtobus tozaligiga beparvolik qimmatga tushdi: uch mexanik jarimaga tortildi

Toshkentda 66-yo‘nalishdagi avtobusning sanitariya holati ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilingan.

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari arzonlashadi: bojxona yig‘imi 20 foizga tushiriladi

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari arzonlashadi: bojxona yig‘imi 20 foizga tushiriladi

Bundan tashqari, ayrim logistika markazlari 2040-yilgacha yer va mol-mulk soliqlaridan ozod qilinadi.

Infantinoga Jahon chempionatidan 1,72 mln dollar to‘langan: mablag‘ hisobotda ko‘rsatilmagan

Infantinoga Jahon chempionatidan 1,72 mln dollar to‘langan: mablag‘ hisobotda ko‘rsatilmagan

To‘lovning FIFA yillik hisobotida ko‘rsatilmagani rahbar daromadlarining shaffofligi yuzasidan savollarni keltirib chiqardi.