O'zbekiston

Toshkentda Tesla’ni  214 km tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi

Haydovchi o‘z murojaatida yuqori tezlikda harakatlangani uchun pushaymon ekanini aytgan.

Toshkentda Tesla’ni  214 km tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi

Toshkent shahrida Tesla avtomobilini yuqori tezlikda boshqarib, 214 km/soatgacha tezlikka chiqqan haydovchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi. Bu haqda poytaxt IIBB Axborot multimedia markazi boshlig‘i o‘rinbosari ma’lum qildi.

 

Holat aks etgan video avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Foydalanuvchilar bunday harakat yo‘l harakati ishtirokchilari hayoti uchun jiddiy xavf tug‘dirishini ta’kidlab, mutasaddilardan chora ko‘rishni talab qilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, avtomobil haydovchisi poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan chaqirtirilgan.

 

Haydovchi o‘z murojaatida yuqori tezlikda harakatlangani uchun pushaymon ekanini aytgan.

 

“Tesla avtomashinasining egasiman. Katta tezlikda haydaganim ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib ketibdi. Shu yuzasidan shahar qidiruv bo‘limiga chaqirishdi. Hozir qonuniy chora ko‘rishyapti. Hech kimga bunaqa tez yurishni tavsiya qilmayman, sekin yuringlar, ehtiyot bo‘linglar. Qilgan ishimdan pushaymonman”, — dedi u.

 

Xabarda haydovchiga tegishli tartibda chora ko‘rilgani qayd etilgan. Biroq qanday chora qo‘llanganiga aniqlik kiritilmagan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

Musobaqalarda 90 dan ortiq mamlakatdan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev nomiga Mustaqillikning 35-yilligi munosabati bilan xorijdan tabrik maktublari kelmoqda

Xorijiy hamkorlar o‘z maktublarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va xalqaro maydondagi faol rolini yuqori baholagan.

custom img

O‘zbek tilini o‘rganish xalqaro darajaga chiqmoqda

Oksford talabalari uchun O‘zbekistonda Yozgi maktab o‘z ishini boshladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘z tabrigida mamlakat rivoji oldida qator yirik vazifalar turganini ta’kidladi.

custom img

Rossiyadan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Yana 22 nafar bolani O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

custom img

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yong‘in chiqdi

Rekonstruksiya qilinayotgan bino hovlisidagi elektr qutisi yongan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Bishkek shahriga yetib bordi

“Manas” xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Adilbek Qasimaliyev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

O‘zbekistonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yer silkinishi Gazli shahri, Peshko‘ va Jondor tumanida sezilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"